Xiaomi to‘rt xil smartfonida proshivka yangilanishini to‘xtatyapti

  •   DiMaX
  •  1135
  •  26.04.2021 09:21

Xiaomi to‘rt xil smartfonida proshivka yangilanishini to‘xtatyapti

Kuni kecha MIUI 12.5 talqinidagi grafik qobiq asosidagi yangi proshivkalar Xiaomi hamda Redmi brendlarining 28 rusumdagi smartfonlariga muddatidan ilgari tarqatila boshlagan edi. Xabarlarga ko‘ra, to‘rtta modeldagi mobil qurilma uchun bu so‘nggi yangilanish bo‘ladi.

O‘QING: Ushbu 22 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasini hoziroq o‘rnatishingiz mumkin!

Dasturchilarning ta’kidlashlaricha, 21.4.21 raqamli yakuniy MIUI 12.5 beta-versiyadagi apdeyt Xiaomi kompaniyasining quyidagi telefonlari uchun oxirgisi bo‘ladi:

  1. Redmi Note 7;
  2. Redmi Note 7S;
  3. Redmi Note 7 Pro;
  4. Xiaomi Mi CC9e.

Bu smartfonlar endi boshqa beta-versiyalardagi yangilanishlarni olmaydi, biroq ularga Android xavfsizlik apdeytlari tegishli muddatgacha kelishda davom etadi. Shuningdek, ularga ayni damda kelib turgan beta-talqindagi MIUI proshivkasining barqaror versiyasi (ham xitoycha, ham global proshivkalarda) yetib keladi.

MIUI 12.5 so‘ngroq tarqatiladigan jami 80 xildagi smartfon ro‘yxati bilan mana buxabarimizda tanishish mumkin. Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Atigi 400 dollardan boshlanuvchi «ekstremal flagman»lar – Xiaomi Mi 11X hamda Snapdragon 888 chipli Mi 11X Pro chiqdi (+video)