Xiaomi tunda portlagan smartfon o‘rniga yangisini berib, hodisa sababini rasman izohladi

  •   DiMaX
  •  2138
  •  06.10.2018 11:23

Xiaomi tunda portlagan smartfon o‘rniga yangisini berib, hodisa sababini rasman izohladi

«Xitoycha Apple» qurilmalari uncha qimmat bo‘lmasa-da, ancha pishiq, ammo ularda ham ba’zida nuqsonlar uchrab turadi. Jumladan, kuni kecha bir foydalanuvchining Xiaomi Mi A1 smartfoni quvvatlash paytida portlab ketgan edi.

O‘QING: ILK BOR: Xiaomi smartfoni uxlayotgan egasi yonida portlab ketdi!

Aytish kerakki, bu – Xiaomi smartfonlarida portlash hodisasi qayd etilgan birinchi holatdir. Ammo ishlab chiqaruvchi ushbu voqeaga befarq bo‘lmasdan, foydalanuvchining telefonini xuddi shunday yap-yangisiga almashtirib berdi. Shuningdek, Xiaomi bu borada rasmiy izoh ham berdi:

«Xiaomi kompaniyasi uchun mijozlarning xavfsizligi va mahsulotlarimizdan foydalanish tajribasi juda muhim. Biz bo‘lib o‘tgan voqeani baholadik va foydalanuvchi bilan bog‘landik. Hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlashtirganimizdan so‘ng mijozga yangi qurilma berildi. Aniqlanishicha, smartfonning ishdan chiqishiga nooriginal quvvatlash moslamasi sababchi bo‘lgan ekan.

Biz barcha foydalanuvchilarimizdan o‘z Xiaomi smartfonlarini quvvatlash uchun original kabel va adapterlardan foydalanishlarini iltimos qilamiz. Shuni yana bir bor ta’kidlashni istaymizki, biz o‘z mahsulotimizning yuksak sifatini ta’minlash uchun qattiq choralar ko‘ramiz».

Shu tariqa, smartfonning portlashi Xiaomi aybi bilan emas, balki nooriginal quvvatlagich tufayli yuzaga kelgani ham oydinlashdi. Shu bois biz ham sizdan bu borada tegishli choralarga amal qilishingizni so‘raymiz, Xiaomi smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan mana bu havola orqali xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!