Xiaomi uch yil avvalgi flagmanini zamonaviy qilib qayta chiqaryapti!

  •   DiMaX
  •  2054
  •  23.03.2020 18:42

Xiaomi uch yil avvalgi flagmanini zamonaviy qilib qayta chiqaryapti!

«Xitoycha Apple» bundan uch yil avval o‘zining Xiaomi Mi 6 flagmanini taqdim etgandi. Biz uning batafsil tavsifini, shuningdek, videotavsifini e’lon qilganmiz.

O‘QING: iPhone 7 Plus "yon effektli" surat olishda Xiaomi Mi 6'ga qarshi

Bugun – 2020 yilning 23 mart sanasida Xiaomi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i kompaniya ushbu smartfonni yangilangan talqinda qayta taqdim etishini aytdi.

«Tasavvur qiling, biz Xiaomi Mi 6’ni yangilab chiqaramiz. Shakli va o‘lchamini saqlab qolamiz, ekranni o‘yib kamera joylaymiz, Snapdragon 7 yoki 8 seriyasidagi protsessor qo‘shamiz, NFC’ni saqlab qolamiz... Siz shunday smartfonni xarid qilarmidingiz?»

Xiaomi odatda bu kabi so‘rovlarni tegishli qaror qabul qilinib bo‘lganidan so‘ng o‘tkazadi; so‘rovlar shunchaki anons oldidan jamoatchilik e’tiborini jalb etishga xizmat qiladi. Shunga qaramasdan, uning fanatlari bu gal ham qizg‘in muhokama qilishyapti.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlari egalarini kompaniya allaqachon MIUI 12 testiga taklif etyapti!

Taniqli insayder Digital Chat Station tasdiqlashicha, Xiaomi allaqachon ixcham smartfon prototipini tayyorlab bo‘lgan va hozirda u texnik tekshiruvlardan o‘tkazilmoqda. Yangi model Xiaomi Mi 6 Classic Edition yoki Xiaomi Mi 6 Remastered Edition nomi ostida bozorga taqdim etilishi kutilmoqda.

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida esa allaqachon bu smartfonning ilk render surati ham paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, korpusning orqa paneli dizayni o‘zgarmaydi – smartfon qo‘shaloq kamerani saqlab qoladi. Biroq old yuzasi butkul boshqacha – umuman romsiz ekran, undagi tirqishga o‘rnatilgan selfi-kamera, displeyga integratsiya qilingan daktiloskop...

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Xiaomi asoschisi Ley Szyun (Lei Jun) ham kompaniya muxlislari orasida Xiaomi Mi 6 hali-hanuz juda ommabop ekanini bir necha bor ta’kidlagan.

O‘QING: TOP-10: Ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!