Xiaomi uchinchi chorakda rekord darajada ko‘p smartfon sotdi

Xiaomi uchinchi chorakda rekord darajada ko‘p smartfon sotdi

Xiaomi o‘zining eng so‘nggi moliyaviy hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, joriy yilning 1-iyulidan 30-sentabrigacha bo‘lgan davr oralig‘ida kompaniya 46.6 million dona smartfon sotgan va bundan 7.2 milliard dollar daromad olgan.

Uchinchi chorakda qayd qilingan smartfon sotuvlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 45.3% ko‘proq bo‘ldi. Canalys'ning global smartfon sotuvlari borasidagi hisobotiga ko‘ra, Xiaomi global mobil bozorda 13.5% lik ulush bilan uchinchi eng yirik smartfonsoz bo‘lib turibdi.

Kompaniyaning umumiy daromadi 10.9 milliard dollarga yetgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34.5% lik o‘sish demakdir. Sof foyda esa 621 million dollar bo‘lgan. Bitta Xiaomi smartfonining o‘rtacha sotilish narxi 155 dollarni tashkil qilmoqda.

Xitoydan tashqaridan kelgan daromadlar ham o‘sib, 6.03 milliard dollarni tashkil qilmoqda (o‘tgan yilga nisbatan 52.1% yuqori).

AIoT (Sun’iy ong narsalari) dan kelgan daromad esa 2019-yilning mos davriga nisbatan 16.1% ga o‘sib, 2.7 millard dollarni tashkil qilmoqda.

O‘QING: Xiaomi yangi rekordi bilan Realme’ni «joyiga o‘tirg‘izib» qo‘ydi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!