Xiaomi uchinchi marta Redmi Note 12 seriyasini taqdim qilmoqchi!

Xiaomi uchinchi marta Redmi Note 12 seriyasini taqdim qilmoqchi!

Xiaomi kabi smartfon ishlab chiqaruvchilari g'alati biznes strategiyasiga ega: ular o'zlarining yangi smartfonlarini avvaliga Xitoyda keyin esa, Hindiston, Yevropa va boshqa davlatlarda taqdim qilishadi – Xiaomi'ning Redmi brendi o'zining Note 12 seriyasidagi smartfonlarini uchinchi marta taqdim qilmoqda.

Redmi Note 12 seriyasi ilk marotaba o'tgan yilning noyabr oyida Xitoyda taqdim qilingan edi. Keyin esa joriy yilning yanvar oyida Redmi Note 12 smartfonlari Hindistonda namoyish qilindi. Endi esa yaqinlashib kelayotgan 23-mart kuni Redmi Note 12 seriyasini uchinchi marta taqdim qilish belgilandi.

O'zining rasmiy Twitter sahifasida Xiaomi sizni o'zgacha taqdimotga taqdim qiladi va buning uchun sizga "samo kemasi" kerak bo'ladi. Qizig'i shundaki, Xiaomi bu safar smartfonlarni aynan qaysi bozor uchun taqdim qilishi noma'lum. E'lon Xiaomi'ning Twitter'dagi global akkauntiga joylashtirilganligini hisobga olsak, katta ehtimol bilan smartfonlar Yevropa va boshqa davlatlar uchun taqdim qilinadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.