Xiaomi uchta arzon smartfoniga Android 10 tayyorlayapti, yana biriga barqaror global proshivka tarqatyapti ham!

  •   DiMaX
  •  1809
  •  19.03.2020 17:40

Xiaomi uchta arzon smartfoniga Android 10 tayyorlayapti, yana biriga barqaror global proshivka tarqatyapti ham!

«Xitoycha Apple» o‘zining Xiaomi Mi 9 Lite modeli uchun Android 10 operatsion tizim talqinini bir necha oy avval sinovdan o‘tkaza boshlagan edi. Nihoyat, uning global talqindagi barqaror proshivkasi tarqatila boshladi.

O‘QING: Xiaomi’ning ushbu smartfoniga kelgan yangilanish uni «g‘isht»ga aylantirdi

Mi 9 Lite uchun yangi proshivka V11.0.1.0.QFCMIXM jamlanma raqami bilan chiqqan bo‘lib, foydalanuvchilarga bosqichma-bosqich tarqatilmoqda. Agarda uning «havo orqali» kelishini kutmayman, desangiz, mana bu yerda berilgan havolalar orqali smartfoningizga yuklab olib, o‘sha sahifada (inglizchada) va quyidagi rasmda ko‘rsatilgan usulda o‘zingiz o‘rnatishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi Mi 9 Lite modeli o‘tgan yilning sentyabrida taqdim etilgan bo‘lib, Xitoy bozoridagi Xiaomi Mi CC9 (Xiaomi CC9) smartfonining global versiyasidir. Ya’ni, yuqoridagi yangilanish ham, mustaqil o‘rnatiladigan proshivka fayllari ham ularga birdek talluqli.

O‘QING: Xiaomi nihoyat Snapdragon 865 protsessorli eng arzon smartfon taqdimotini e’lon qildi! (+«jonli» rasmlar)

Bundan tashqari, Xiaomi arzonchi brendiga mansub Redmi 8, Redmi 8A hamda Redmi Note 8 modellari uchun ham Android 10bazasida yangilanishlarni tayyorlamoqda. Bu haqda kompaniyaning Twitter tarmog‘idagi rasmiy Xiaomi Firmware Updater hamjamiyati e’lon qilgan:

Ushbu modellar uchun yangi proshivkaning yopiq sinovlari Xitoyda allaqachon boshlangan. Xiaomi keyinroq ushbu dasturiy ta’minotning ochiq beta-testini e’lon qiladi, biroq barqaror proshivka qachon chiqishi hozircha aniq emas.

Darvoqe, avvalroq biz hali taqdim etilmagan MIUI 12 proshivkasi hamda Android 11 tizimigacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlarining ikkita ro‘yxatini e’lon qilganmiz. Shuningdek...

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarining rasmiy proshivkalari «xazinasi»ga marhamat!