Xiaomi uchta yangi Redmi Note 9 smartfonini taqdim qildi

Xiaomi uchta yangi Redmi Note 9 smartfonini taqdim qildi

Hozirga qadar Redmi Note 9 lineykasi modellari Xitoyning o‘zida sotilmas edi, lekin endi ulkan o‘zgarish sodir bo‘ldi. Yangi Redmi Note 9 Pro modeli o‘tgan yilgi Note 8 Pro bilan bir xil narxga ega (240 dollar), biroq texnik ta’minot borasida o‘zgarish juda katta. Ushbu smartfon narxi juda arzon bo‘lsa-da, xitoylik kompaniya bundan ham hamyonboproq Redmi Note 9 5G va Redmi Note 9 4G modellarini ham taqdim qildi. Ular mos ravishda 200 va 150 dollar narxga ega.

Redmi Note 9 Pro 5G va Note 9 5G modellari 1-dekabrdan boshlab Xitoyda sotuvga chiqadi. Yangi smartfonlarga sal keyin alohida to‘xtalamiz. Keling, oldin ularning o‘tgan yilgi Note'lar bilan farqini taqqoslab ko‘ramiz:

...

Redmi Note 9 Pro 5G
Redmi Note 9 Pro 5G smartfoni X52 modemiga ega Snapdragon 750G chipseti bilan jihozlangan. Xotira turi UFS 2.2 bo‘lib, Xiaomi'ning aytishicha, bu oldingi avlod UFS 2.1 xotirasidan ikki marta tezroq ishlaydi.

...

Xiaomi Redmi Note 9 Pro 5G

Yangi modelga 6.67 dyuymli ekran qo‘yilgan bo‘lib, rezolyutsiya 1080p+, yangilanish chastotasi esa 120Hz'ga teng. Smartfon ekrani adaptiv displey bo‘lib, 30Hz'dan tortib 120Hz'gacha oraliqdagi jami olti xil chastotada ishlaydi. Sensor sezgirligi 240Hz'ni tashkil etadi. Himoya uchun old panel Gorilla Glass 5 shishasi bilan qoplangan.

Ushbu yangi smartfonning asosiy jihati uning kamerasidir. Asosiy modul 1/1.52" ISOCELL HM2, Samsung'ning uchinchi 108MP kamerasidir. Bu kamera Galaxy S20 Ultra'dagi HM1 sensoridan kichikroq bo‘lishiga qaramay, «9 tasi 1 da» piksel binning texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Samarali piksel hajmi 2.1µm ga ko‘tarilgan (HMX sensorida 1.6µm edi). Bunga Dual Native ISO va yangicha tungi rejimni qo‘shsak, smartfon sezilarli daraja sifatli tasvirlar hosil qila olishi kerak.

Orqa paneldagi to‘rtta kamera qatoriga 8MP ultrakeng (120° ko‘rish mayoniga ega), 2MP makro va 2MP sath kameralari ham kiradi. Telefoto kamera mavjud emas, biroq yuqori rezolyutsiyali asosiy kamera 3 karra optik zum xususiyatiga ega. Selfilar uchun esa 16MP kamera qo‘yilgan.

Pro modelini quvvat bilan 4,820 mAs sig‘imli akkumulyator ta’minlab turadi. 33 Vt lik tezkor quvvatlash smartfonni 0% dan 100% ga atigi 58 daqiqada olib chiqadi.

5G, Wi-Fi va Bluetooth signallari yaxshi qabul qilinishini ta’minlash uchun smartfon bo‘ylab naq 11 ta antenna joylashtirib chiqilgan. 5G'dan tashqari, NFC va infraqizil blaster ham bor. Stereo karnaylar va 3.5 mm lik audio jek ham sizning xizmatingizda.

Redmi Note 9 Pro 5G'ning bazaviy 6/128GB talqini narxi 240 dollardan boshlanadi. Bunga qo‘shimcha ikki GB tezkor xotiraga ega bo‘lish uchun esa yana 30 dollar sarflash kifoya. To‘liq xotira hajmli 8/256GB versiya uchun esa Xiaomi sizdan 300 dollar so‘rayapti. E’tibor bering, bu narxlar Xitoy bozori uchun ko‘rsatilgan. Ushbu qurilmalarning global bozorda sotuvga chiqishi noma’lum.

Redmi Note 9 5G
Redmi Note 9 5G'ning ishlashini MediaTek Dimensity 800U chipseti ta’minlab turadi. Ushbu protsessor Qualcomm'ning Snapdragon 700 seriyasi chiplari bilan raqobatlasha olishini isbotlagan. Xiaomi reklama bannerida yozishicha, yangi 800U chipiseti Redmi Note 8'ning chipidan ko‘ra ikki baravar tez ishlaydi. Xotira tipi — UFS 2.2, bu esa oldingi avlod modelinikidan 100% tezroq.

Smartfon 6.53" LCD panel bilan jihozlangan. Ekran rezolyutsiyasi 1080p+, yangilanish chastotasi esa standart. Tungi ko‘rish vaqtida ekran yorug‘ligi 1 nitgacha kamaytirilishi mumkin. Bundan tashqari, smartfon ekrani kam miqdorda ko‘k rang chiqarishini tasdiqlovchi TUV sertifikati ham bor. Himoya uchun yana Gorilla Glass 5 shishasiga murojaat qilingan.

Asosiy kamera o‘rtacha kattalikdagi — 48MP rezolyutsiyaga ega (1/2", «4 tasi 1 da» piksel binning jarayonidan keyin 1.6µm piksel). Shunday bo‘lsa-da, kamera 4K video olish imkoniga ega. Biroq Pro modelida ham bo‘lgani kabi faqat soniyasiga 30 ta kadr olish mumkin xolos. 8MP ultrakeng (118° ko‘rish maydoni) kameraga 2MP makro kamera hamrohlik qiladi. Selfi kamera 13MP foto va 1080p video ola oladi.

Qurilmaga nisbatan katta — 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator qo‘yilgan. Zaryad olish tezligi 18 Vt (lekin qadoqda 22.5 Vt lik quvvatlagich bo‘ladi).

Pro'da bo‘lgani kabi, Note 9’da ham 3.5 mm audio jek va stereo karnaylar bor. 360° dan signal qabul qilish uchun smartfon bo‘ylab jami 7 ta antenna o‘rnatilgan.

...

Xiaomi Redmi Note 9 5G

Redmi Note 9 5G smartfonining bazaviy 6/128GB modeli 200 dollar, 8/128GB talqini 230 dollar, maksimal sig‘imli 8/256GB versiyasi esa 260 dollar qiymatga ega.

Redmi Note 9 4G
Ushbu modelga ega katta — 6,000 mAs akkumulyator qo‘yilgan. Qurilma 200 grammdan sal kamroq tosh bosadi. Smartfon qadog‘i tarkibida 18 Vt lik zarydachik bo‘ladi. Telefonni o‘rtacha darajada ishlatsangiz, quvvat ikki yarim kundan ko‘proqqa yetishi kerak.

6.53" LCD panel 5G modeldagi bilan bir xil. Rezolyutsiya — 1080p+, yangilanish chastotasi — 60Hz, sensor sezgirligi — 120Hz. Ekranni biroz eskiroq bo‘lgan Gorilla Glass 3 shishasi qoplab turadi.

Orqa panelda uchta kamera bor: 48MP asosiy, 8MP ultrakeng (120° ko‘rish maydoni) va 2MP sath kameralari. Biroq video yozish imkomiyati 1080p@30 kadr/sek. bilan chegaralangan. Shuningdek, 8MP selfi kamera aylanasimon emas, balki tomchisimon tirqish ichiga joylangan.

Yuqoridagi ikki modeldagi kabi bu smartfonda ham 3.5 mm audio jek va stereo karnaylar bor, lekin NFC yo‘q.

...

Xiaomi Redmi Note 9 4G

Redmi Note 9 4G'ning bazaviy 4/128GB versiyasi 150 dollar, 6/128GB talqini 170 dollar, maksimal sig‘imli 8/128GB varianti esa 200 dollar evaziga sizniki bo‘ladi. microSD karta uchun slot bor, albatta.

O‘QING: Ekrani yoqiq holdagi Xiaomi Mi 11 Pro’ni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!