Xiaomi o‘zining ilk aqlli soatini namoyish qildi

Xiaomi o‘zining ilk aqlli soatini namoyish qildi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Amazfit Watch nomli yangi aqlli soatlarni ishlab chiqaradi. Soatlar Huami brendi ostida taqdim etilib, deyarli 12 kun zaryadlanishsiz ishlashi mumkin.

Smart-soat aylana korpusga ega bo‘lib, suv kirishidan himoyalangan. Soat gardishi qirilishlarga chidamli keramikadan tayyorlangan. Soatga 22 millimetrdagi istalgan bog‘ichlarni taqsa bo‘ladi.

Amazfit Watch akkumulyatorining zaryadi faol GPS holatida 35 soat, o‘rtacha foydalanish holatida 5 kun va pedometr rejimida 11 kun 14 soatgacha ishlashga yetadi.

Qurilmaga 28 nanometrli texnologiya asosida tayyorlangan GPS sensor o‘rnatilgan. Mazkur sensor foydalanuvchining joylashuvini smartfonga ulanmasdan kuzatish imkoniyatini beradi.

Aksessuarga tegishli boshqa texnik paramertlar quyidagicha:

  • Ekran: 1,34 dyuym, 300x300 nuqta
  • Protsessor: 1,2 GGs
  • Tezkor xotira: 512 MB
  • Doimiy xotira: 8 GB
  • Sensor: GPS, akselerometr, giroskop, pulsometr
  • Akkumulyator: 200 mA/soat
  • Korpus: IP67 standarti bo‘yicha chang va suvdan himoya

Amazfit Watch soatining sotuvi Xitoyda 31-avgust kuni boshlanadi. Gadjetning narxi – 799 yuan (119 AQSh dollari).

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.