Xiaomi Leica bilan hamkorlik qiladi

Xiaomi Leica bilan hamkorlik qiladi

Bugun Xiaomi anchadan beri mish-mish bo'lib kelayotgan xabarlarni rasman tasdiqlanadi: xitoylik texno-gigant o'z smartfonlari kameralari ishlashini yaxshilash maqsadida Leica nomli germaniyalik kamera ishlab chiqaruvchisi bilan uzoq muddatli strategik hamkorlik olib boradi.

Telefonlar kamerasi segmentida hamkorlik qilish Leica uchun birinchisi emas. Xiaomi'dan oldin germaniyalik kompaniya o'tgan yozda eksklyuziv yapon smartfon brendi Sharp bilan birgalikda ishlagan edi. Shuningdek, u Huawei besh yildan beri hamkorlik qilib kelgan ham. Masalan, Huawei'ni oladigan bo'lsak, Leica bilan hamkorligidan keyin uning smartfonlari DxOMark kamera sinovlarida yuqori natijalarga erishishni boshlagan edi.

Xiaomi-Leica hamkorligidagi ilk flagman mahsulot kelayotgan iyul oyida chiqarilishi ham rasman ma'lum qilindi. Garchi Xiaomi qaysi smartfonni chiqarishini aytmagan bo'lsada, bu katta ehtimol bilan uzoq kutilgan va bir necha kun oldin taqdim qilingan Snapdragon 8+ Gen 1 chipsetiga ega Xiaomi 12 Ultra bo'lishi tahmin qilinmoqda.

O'QING: Superflagmanlarda maqtanish uchun yangi chipset