Xiaomi va Mercedes yana hamkorlik qiladi

Xiaomi va Mercedes yana hamkorlik qiladi

Yaqinda Xiaomi'ning Redmi matbuot xizmati K50 Gaming smartfonining tizer suratlarini chiqargan edi. Bugun esa ijtimoiy tarmoqlarda yana bir o‘yin smartfoni Mercedes bilan hamkorlikda chiqarilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Bu smartfon Redmi K50 Mercedes AMG Petronas Edition deb nomlanadi va original K50'dan deyarli farq qilmaydi. 

Redmi K50 Mercedes AMG Petronas Edition asosiy modellarga qaraganda boshqacha rang bilan chiqariladi, shuningdek, orqa panelning o‘rtasidan vertikal ravishda pastga yo‘naltirilgan ikkita to‘q kulrang poyga chizig‘iga hamda yuqori o‘ng burchagida Mercedes logotipi va maxsus nashr tasviri bo‘ladi. 

Xiaomi-Mercedes smartfoni narxi hozircha ma’lum emas, lekin u Redmi K50 Gaming smartfonlari liniyasi qatorida 16-fevral kuni taqdim qilinishi kutilmoqda. 

O‘QING: Xiaomi 12 Ultra'ning akkumulyator sig‘imi hamda necha vattda quvvat olishi ma’lum bo‘ldi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.