Xiaomi va Redmi smartfonlarida yana bir foydali funksiya paydo bo‘lyapti

  •   DiMaX
  •  3055
  •  23.12.2019 17:26

Xiaomi va Redmi smartfonlarida yana bir foydali funksiya paydo bo‘lyapti

Bugungi kungacha «Xitoycha Apple» o‘zining bir qator mobil qurilmalari uchun MIUI 11 grafik qobig‘iga asoslangan proshivkalar tarqatib kelmoqda. Biroq ushbu apdeyt ayrim modellardagi smartfonlarda jiddiy muammo tug‘dirayotgani ham bor gap.

O‘QING: Eng ommabop Redmi smartfoni «g‘ishtga aylanib» qolyapti, Xiaomi esa jim!

Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi MIUI rasmiy kanali o‘n birinchi avlod grafik qobiqning yangi funksiyasini e’lon qildi. Rasman u «ish va dam olishni boshqarish» deb ataladi, aslida esa bu uyquni monitoring qilish tizimi bo‘lib, o‘z vaqtida dam olishni ham eslatib turadi. Anglagan bo‘lsangiz kerak: bu – aksariyat smart-bilaguzuklar va «aqlli» soatlarning asosiy funksiyalari qatoriga kiradi.

Yangi funksiyaga kirish juda oson – bosh ekrandagi soat belgichasiga bosiladi, keyin esa yuqori qatorda mana shu funksiya tanlanadi. Bir nechta sozlamalarni amalga oshirib qo‘ysangiz, keyin smartfoningiz sizning kun tartibingizni kuzatib, kerakli maslahatlar berib boradi. Shuningdek, u mustaqil tarzda uyqu sifatini ham tekshiradi – fitnes-braslet yoki smartvotchlarning keragi ham bo‘lmaydi.

Uyquni va ishlash/hordiq vaqtlarini nazorat qilish funksiyasi hozircha faqat MIUI 11 proshivkasining beta-versiyasiga joriy etilgan. Xiaomi yaqin orada barqaror global proshivkalarda ham bu opsiya tarqatishi kerak, yangiliklarni biz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Foydalanuvchilar fikri: Xiaomi smartfonlarining asosiy afzalligi nimada?