Xiaomi va Redmi smartfonlariga global MIUI 12.5 taqdimoti e’lon qilindi!

  •   DiMaX
  •  1109
  •  29.01.2021 09:54

Xiaomi va Redmi smartfonlariga global MIUI 12.5 taqdimoti e’lon qilindi!

«Xitoycha Apple» o‘tgan oyning o‘rtasida oraliq talqindagi – MIUI 12.5 grafik qobig‘ini taqdim etgan. Uning beta-sinovlari faqat Xitoydagi foydalanuvchilar uchun joriy qilingan, ammo XDA Developers dasturchilar hamjamiyati proshivkalarni ko‘pchilik bilan baham ko‘ra boshladi.

O‘QING: Ushbu 28 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga ommaviy MIUI 12.5 beta-talqini chiqdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Global MIUI Xiaomi rasmiy sahifasida ushbu grafik qobiqning global versiyasi 8 fevralda taqdim etilishi e’lon qilindi. Taxminlarga ko‘ra, bu namoyish kompaniyaning so‘nggi flagmani – Xiaomi Mi 11 modelining global versiyasi taqdimotiga bag‘ishlangan marosimda bo‘lib o‘tadi. Darvoqe, taqdimot jarayoni ijtimoiy tarmoqlarda jonli efirga uzatib boriladi.

Xiaomi Mi 11 qurilmasi Qualcomm kompaniyasining eng kuchli protsessori – 5 nanometrlik texnologik jarayon asosida tayyorlangan Snapdragon 888 chipseti bazasidagi ilk smartfondir. 8 fevraldagi tadbirda uning yanada ilg‘or versiyasi – Xiaomi Mi 11 Pro ham keng jamoatchilikka ilk bor ko‘rsatilsa ajabmas.

MIUI 12.5 keyinroq tarqatiladigan jami 80 xildagi smartfon ro‘yxati bilan mana bu xabarimizda tanishish mumkin. Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Xiaomi’ni endi to‘xtatib bo‘lmaydi: uzoq kutilgan Mi Mix 4 hamda Mi Note 11, yana MIUI 13 ham rasmiy saytda «qo‘lga tushdi»!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.