Xiaomi va Redmi smartfonlariga MIUI 12 tarqatilishining uchinchi to‘lqini boshlandi

  •   DiMaX
  •  3401
  •  24.09.2020 15:43

Xiaomi va Redmi smartfonlariga MIUI 12 tarqatilishining uchinchi to‘lqini boshlandi

Yaqindagina eski modellardagi 14 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga barqaror MIUI 12 asosidagi proshivka tarqatila boshlagan edi. «Xitoycha Apple» allaqachon apdeytning uchinchi to‘lqinini ham boshlab yubordi.

O‘QING: Redmi’ning ommabop smartfoniga MIUI 12 muammolar olib keldi

Uchinchi to‘lqinda quyidagi smartfonlar proshivkasi yangilanishi ko‘zda tutilgan:

  1. Xiaomi Mi Note 3;
  2. Xiaomi Mi 8 Lite;
  3. Xiaomi Mi Max 3;
  4. Xiaomi 8 SE;
  5. Xiaomi Mi CC9e;
  6. Redmi 8;
  7. Redmi 8A;
  8. Redmi 7;
  9. Redmi 7A;
  10. Redmi 6;
  11. Redmi 6A;
  12. Redmi Note 5;
  13. Redmi S2.

Yuqoridagi modellardan dastlabki ikkitasi uchun barqaror MIUI 12 grafik qobig‘i asosidagi global proshivka, qolganlariga esa hozircha xitoycha proshivka tarqatilmoqda. Biroq bu smartfonlar egalari hali Android 11 operatsion tizim talqinidan umid qilmasalar ham bo‘ladi. Grafik qobiq yangilansa-da, proshivkaning «o‘zagi»ni Android 10, ayrim eski modellarda esa undan ham oldingi versiyalar tashkil etadi.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Redmi o‘ninchi avlod eng arzon smartfonini biryo‘la MIUI 12 bilan chiqardi!