Xiaomi va Redmi smartfonlarini 20 sentyabrgacha chegirma bilan olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  3138
  •  15.09.2020 11:50

Xiaomi va Redmi smartfonlarini 20 sentyabrgacha chegirma bilan olish mumkin!

«Xitoycha Apple» o‘zining Rossiyadagi onlayn do‘koni ochilganiga ikki yil to‘lishi munosabati bilan unda chegirma e’lon qildi. Ushbu aksiya doirasida kompaniyaning turli mahsulotlarini 5 ming rublgacha arzonga olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi Mi 10T hamda Mi 10T Pro taqdim etilmay turib do‘konga chiqdi: narx va xususiyatlari

«Biz 2 yoshdamiz! Birga bayram qilishda davom etamiz!» nomli aksiya 20 sentyabr, Moskva vaqti bilan soat 23:59 gacha davom etadi.

Eng qizig‘i – foydalanuvchilar ayrim tovarlarga e’lon qilinadigan chegirmalarga ta’sir ko‘rsata oladilar. Ya’ni, muayyan modeldagi qurilma qanchalik ko‘p layk to‘plasa, uning yakuniy chegirmasi ham shunchalik katta bo‘ladi.

Shuningdek, xarid jarayonida turli sovg‘alar taklif etiladi, 6000 rubldan oshiq miqdorda savdo qilganlarga esa qo‘shimcha yana 300 rubllik chegirma qilinadi.

O‘QING: Yana bir o‘ta arzon smartfon – Redmi 9i taqdimot kuni, narxi va xususiyatlari rasman e’lon qilindi

Eng katta miqdordagi – besh ming rubllik chegirma esa Redmi Note 8 Pro smartfoniga belgilangan. Asl narxi 19 990 rublga teng bo‘lgan mazkur qurilmani aksiya davomida 14 990 rublga olish mumkin. Undan tashqari, Redmi Note 9S uchun 4,5 ming rubl, Redmi Note 9, Xiaomi Mi Note 10 Lite va Poco F2 Pro modellari uchun esa 3 ming rubllik chegirma amal qilmoqda.

Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlaridan tashqari, kompaniya ekotizimining qolgan qurilmalari – televizorlar, elektrosamokat, robot-changyutgich, simsiz quloqchin, aqlli tarozi va kompaniyaning boshqa mahsulotlariga ham chegirmalar bor.

Shunday ekan, ayni damda Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz rasmiy saytdagi tegishli sahifaga mana bu havola orqali o‘tib, chegirmalardan foydalansalar bo‘ladi. Agar yaqinlaringizdan kimdir ayni damda shu mamlakatda bo‘lsa – bu yangilikni ularga yetkazib qo‘yishingiz mumkin.

O‘QING: Atigi 150 dollarlik Redmi Note 10 bilan Redmi Note 10 Pro’ning asosiy farqi nimada?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.