Xiaomi va Redmi smartfonlarini 31 maygacha yanada arzon olishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  4833
  •  25.05.2020 18:17

Xiaomi va Redmi smartfonlarini 31 maygacha yanada arzon olishingiz mumkin!

Rossiyada o‘z mahsulotlarini rasman sotayotgan Xiaomi korporatsiyasi turli aksiyalar o‘tkazib kelmoqda. Ularning navbatdagisi bugun – 25 may kuni boshlangan va 31 maygacha davom etadi.

O‘QING: Redmi K30i 5G namoyish qilindi – Snapdragon chipli eng arzon 5G-smartfon!

Garchi ushbu aksiya “Redmi bayramona haftasi” deb nomlangan bo‘lsa-da, uning doirasidagi chegirmalar faqat Redmi brendi mahsulotlari bilan cheklanib qolmaydi.

Unda Redmi Note 8 Pro, Redmi Note 8T, Redmi 8, Redmi 7A hamda Redmi 8A smartfonlari uchun chegirmalar belgilangan, yana ayrim modellar xaridida hadyalar ham bor. Masalan, Redmi Note 9S sotib olayotib, Redmi Power Bank portativ akkumulyatorini, Xiaomi Mi Note 10 yoki Mi Note 10 Pro xaridida esa Mi Smart Band 4 smart-brasletini atigi 1 rublga olish imkoni tug‘iladi.

Bundan tashqari, Xiaomi’ning turli mahsulotlari – quloqchin, changyutgich, fen, kuzatuv kamerasi, chemodan va boshqalarga ham chegirmalar bor.

Demak, hozirda Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz rasmiy saytdagi tegishli sahifaga mana bu havola orqali o‘tib, chegirmalardan foydalanishlari mumkin. Agar yaqinlaringizdan kimdir ayni damda shu mamlakatda bo‘lsa – bu yangilikni ularga yetkazib qo‘ysangiz ham bo‘ladi.

O‘QING: Hali chiqmagan Android 11’ni eski va arzon Redmi smartfoniga allaqachon o‘rnatish mumkin!