Xiaomi va Redmi smartfonlarini 33 foizgacha chegirma bilan olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  2870
  •  01.04.2020 10:49

Xiaomi va Redmi smartfonlarini 33 foizgacha chegirma bilan olish mumkin!

Yodingizda bo‘lsa, Xiaomi kompaniyasi mart oyida Rossiyada smartfonlarini 123 dollargacha chegirma bilan sotgandi. Endi esa, Mi Fan Festival 2020 festivali doirasida ushbu mamlakatdagi muxlislari uchun yana aksiya e’lon qilindi.

O‘QING: Xiaomi rekordchi smartfonini arzonlashtirib, beshtasining proshivkasini yangilayapti!

Yangi aksiya promokod orqali turli Xiaomi mahsulotlarini 33 foizgacha chegirma bilan olish imkonini taqdim etadi. «Aql bilan xarid qiling, aql bilan yashang» deb nomlangan bu aksiya bugun – 1 aprel kuni boshlangan va 6 aprel, Moskva vaqti bilan soat 23:59 gacha davom etadi. Unda har kuni har xil qo‘shimcha chegirmalar amal qiladi.

Masalan, ayni damda – 1 aprel kuni 108 megapiksellik kameraga ega ilk smartfon – Mi Note 10 Pro modelining 8/256 gigabaytlik talqinini odatdagi 43 990 rubl o‘rniga 39 591 rublga olish mumkin. Kompaniyaning eng arzon smartfoni – Redmi 7A’ning 2/16 gigabaytligi avval 7490 rublga narxlangan bo‘lsa, hozirda 4582 rublga xarid qilish imkoni mavjud.

Chegirmalar nafaqat Xiaomi va Redmi smartfonlariga, balki «Xitoycha Apple» ekotizimining boshqa mahsulotlariga ham tatbiq etilgan. Ular qatorida quloqchinlar, aqlli brasletlar, aqlli uy qurilmalari, chemodanlar, telepristavkalar va boshqalar ham bor.

Demak, hozirda Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz mana bu havola orqali aksiya sahifasiga o‘tib, chegirmalardan foydalanishlari mumkin.

O‘QING: Redmi Note 9 5G ham tayyor: atigi 140 dollarlik 5G-smartfon tezkor quvvatlana oladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!