Xiaomi va Redmi smartfonlarining rasmiy proshivkalari «xazinasi»ga marhamat!

  •   DiMaX
  •  4848
  •  03.03.2020 18:16

Xiaomi va Redmi smartfonlarining rasmiy proshivkalari «xazinasi»ga marhamat!

«Xitoycha Apple»ning smartfonlari uchun tizim yangilanishlari muntazam chiqib turadi, ammo dunyo bo‘ylab turli bosqichma-bosqich tarqatiladi. Shu bois, shoshilganlar turli manbalardan proshivka faylini ko‘chirib olib, mustaqil o‘rnatishni ma’qul ko‘rishadi.

O‘QING: Xiaomi amalladi: ommabop smartfonlarga Android 10 proshivkasi kela boshladi!

Igeekphone nashri esa ularga yengillik yaratish maqsadida katta bir ish qilishdi: Xiaomi hamda Redmi smartfonlari uchun ishlab chiqilgan barcha rasmiy MIUI 11 proshivkalarini bir joyga to‘plashdi.

Ushbu ro‘yxat juda katta, chunki unga MIUI 11’gacha rasman yangilanadigan barcha modellardagi – global, xitoycha va hatto ruscha versiyalardagi smartfonlar proshivkalari kiritilgan.

Jadvalning ilk ustunida smartfon modeli, keyingisida – proshivkaning holati (barqaror), uchinchisida – turi (rekaveri usulida o‘rnatilishi), to‘rtinchisida – MIUI versiyasi, beshinchisida – uning qaysi Android talqiniga tayanishi, oltinchisida – yuklab olish havolasi va nihoyat so‘nggisida – tegishli proshivka faylining hajmi ko‘rsatilgan.

Rasmiy «proshivkalar xazinasi»ga mana bu havola orqali o‘tib, o‘z smartfoningiz modelini topib, uning uchun MIUI 11 proshivkasini ko‘chirib olishingiz mumkin. Biroq smartfonga rekaveri rejimida proshivkani o‘rnatish birmuncha murakkab jarayon bo‘lib, tajribasiz foydalanuvchilar eplay olmasliklari mumkin. Shu boisdan proshivka faylini fleshkaga solib olib, smartfon bilan birga ustaga olib borganingiz ma’qulroq.

O‘QING: MIUI 11 proshivkasida Redmi 10X 4G va yana uchta yangi Redmi smartfoni «topildi»!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!