Xiaomi vs Lenovo: Snapdragon 855 chipli ilk 5G-smartfon uchun jang

  •   DiMaX
  •  1289
  •  25.08.2018 15:20

Xiaomi vs Lenovo: Snapdragon 855 chipli ilk 5G-smartfon uchun jang

Beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlovchi Snapdragon 855 chipi Apple A12 hamda Kirin 980 bilan bemalol bellasha oladi.  Qualcomm’ning ta’kidlashicha, 7 nanometrlik tex-jarayonga asoslangan ushbu protsessor bilan janubiy koreyaliklarning navbatdagi flagmani kupertinolik gigantning bu yil chiqadigan ayfonlaridan zo‘r bo‘ladi.

O‘QING: Qualcomm: Galaxy S10 ham yangi iPhone’lardek qudratli protsessorga ega bo‘ladi!

Ammo mazkur chipga asoslangan 5G-smartfonni Samsung’dan avval xitoylik kompaniyalardan biri taqdim etishi ham mumkin. Bu borada birinchilik uchun Xiaomi hamda Lenovo o‘zaro kurash olib bormoqda. Huawei’ga esa uning keragi yo‘q – uchinchi raqamli smartfonsoz o‘zining Mate 20 flagmanida ilk bor 7 nanometrlik texnologik jarayonli – Kirin 980 protsessorini qo‘llayapti.

Weibo mikrobloglar servisida kuni kecha Xiaomi va Lenovo kompaniyalari o‘zaro ommaviy yozishma olib borganlar. Dastlab Qualcomm sahifasidan keyingi avlod Snapdragon protsessori haqidagi xabarni «xitoycha Apple» olib e’lon qilgan. Xiaomi bunga izoh qo‘shar ekan, Snapdragon 855 chipidan ko‘p narsa kutayotganini ta’kidlagan. Keyin esa Lenovo unga yozgan izohida, bu borada imkoniyatlar o‘zida ko‘proq ekaniga urg‘u bergan.

Shunga qaraganda, yakka kristalli Snapdragon 855 chipi bazasida ishlovchi ilk 5G-smartfonni yaratish borasida Xiaomi va Lenovo kompaniyalari raqobatga kirishishgan. Bu boradagi yangiliklarni birga kuzatamiz, bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Snapdragon 855 protsessorli ilk 5G-smartfonni Lenovo taqdim etmoqchi, ammo masalaning boshqa tomoni bor...

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!