Xiaomi Watch S1 va S1 Active smart-soatlari hamda Buds 3T Pro quloqchinlari taqdim etildi

Xiaomi Watch S1 va S1 Active smart-soatlari hamda Buds 3T Pro quloqchinlari taqdim etildi

Xiaomi'ning eng so‘nggi flagman smart-soat va quloqchinlari kechagi tadbirda Xiaomi 12 seriyasi bilan birga taqdim etildi. 

Watch S1 kompaniyaning premium toifadagi smart-soati bo‘lib, uning ekrani sapfir shishasi bilan himoyalangan, korpus esa zanglamas metalldan yasalgan. Soatda barcha sog‘lik va fitnessni kuzatish xususiyatlari mavjud. 

Ikkinchi soat S1 Active esa nisbatan oddiyroq bo‘lsa, Buds 3T Pro kompaniyaning simsiz flagman quloqchini hisoblanadi. Ikkala smart-soat ham 1.43 dyuymli AMOLED displeyiga ega bo‘lib, ular yurak urishi va qondagi kislorodni aniqlash hamda uyquni nazorat qilish funksiyalariga ega.

Soatlar suvdan himoya standartiga ega, shuningdek, ularda 117 dan oshiq sport turi uchun fitness trekkeri mavjud. 

Yangi soatlar ikki diapazonli GNSS ni taklif qiladi hamda smartfonga ulangan holda Bluetooth orqali qo‘ng‘iroqlarni qabul qila oladi. Kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC ham qo‘llab-quvvatlanadi. Ikkala soat avtonomligi 12 kungacha yetadigan 470 mAs akkumulyatorga ega. 

Xiaomi Buds 3T Pro quloqchini atrofdagi 40 dB gacha bo‘lgan shovqinni qaytarishi mumkin bo‘lgan faol shovqinni qaytarish funksiyasiga ega.

Quloqchin uch mikrofon tizimi va 10 mm ikki magnitli dinamik drayverlardan foydalanadi, bundan tashqari, 900 kbit/s gacha bo‘lgan tezlikdagi audioni yetkazib beradigan LHDC 4.0 (past kechikishli yuqori aniqlikdagi audio kodek) ni qo‘llab-quvvatlaydi. Quloqchinlarni, shuningdek, bir vaqtda bir necha qurilmaga ulash imkoniyati ham bor. 

Buds 3T Pro modeli IP55 chang va suvdan himoya standartiga ega. To‘liq quvvat bilan quloqchin 6 soatgacha ishlab bera oladi. Quloqchin qutisi esa ushbu ko‘rsatkichni 24 soatga oshirib beradi. 

Quloqchin qutisi ham IP55 standartiga ega hamda simsiz quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Qurilmarning narxi quyidagicha: 

Xiaomi Watch S1 Active - 199 dollar

Xiaomi Watch S1 - 269 dollar

Xiaomi Buds 3T Pro - 199 dollar

O‘QING: Global Xiaomi 12, 12 Pro va 12X smartfonlari taqdim etildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!