Xiaomi Mi 8 SE sotuvga chiqarildi

Xiaomi Mi 8 SE sotuvga chiqarildi

Shu yilning 31 may kuni, Xitoyning yosh va ilg‘or kompaniyalaridan hisoblangan Xiaomi o‘z yurtida Mi 8 hamda Mi 8 SE smartfonlarini, shu bilan birga Mi Band 3 "aqlli braslet"ni hamda MIUI 10 operatsion tizimini rasman taqdim qilgan edi.

Xiaomi Mi 8 SE — jihatlariga ko‘ra «oltin o‘rtalik»dagi yaxshi devays. Uning protsessori, ekrani hamda kamerasi ham yaxshi. Taqdimotda uning 4/6 Gb operativ va 64/128 Gb doimiy xotiraga ega talqinlari sotuvga chiqarilishi, arzon talqin 280$ hamda yuqori talqin $312 dollardan sotuvga chiqarilishi aytilgan edi. Hozircha yuqori talqin sotuvga chiqarildi.

Xiaomi Mi SE ham ekran yuqorisida «kesig‘i» bilan o‘ziga xos. Displeyning piksel aniqligi Full HD+. Mi 8 modelining sodda talqini bo‘lgan bu modelga 5.88 dyuymli AMOLED ekran, flagman protsessorlardan bir qadam orqada bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 710 chipseti o‘rnatilgan.

Devaysdagi bosh kamera qo‘sh sensorli: 12+5-Mp hamda 20 megapikselli selfi kamera.

Smartfon sanoatida yangilik bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 710 chipseti imkoniyatlariga ko‘ra yaqin o‘tmishdagi eng zo‘r chiplar bilan bellasha oladi. Ya’ni, samaradorligi bugungi foydalanuvchi uchun manzur bo‘ladi. Uning chastota intervali 2,2 GGs.

Xiaomi Mi 8 SE'ning quvvat ta’minoti tok sig‘imi 3120 mA soat bo‘lgan akkumulyatorga bog‘liq. Bu "quvvat toshi" Quick Charge 3.0 texnologiyasi bo‘yicha tezkor quvvat oladi.

Bu talqin uchun kompaniya 281 AQSh dollari so‘ramoqda. Xiaomi Mi 8 SE shu yilning 8 iyunidan soutvga chiqariladi.

Taqdimotda ma’lum qilingan narxdan farqli ravishda, Xiaomi Mi 8 SE modelining yuqori modifikatsiyasi (6/128 GB) 300 yuanga qimmatroq sotuvga chiqdi. Uni Xitoyda 334 AQSh dollaridan sotib olish mumkin. Smartfon sotuvda qora, tilla rang, qizil, ko‘k korpuslarda mavjud.

Xiaomi Mi 8 SE texnik jihatlari:

Korpus materiali: metall (sinch-karkas), shisha hamda keramika (orqa panel);
Displey: 5.88”, 2244x1080 piksel, AMOLED, 423 ppi, yorug‘lik darajasi 600 nit, 18,7:9, DCI-P3;
Platforma: Snapdragon 710 (8 yadro Kryo 360, 2,2 GGs), 64 bit, 10 nm;
Grafik protsessor: Adreno 616, 500 MGs;
Operativ xotira: 4/6 Gb;
Flesh-xotira: 64 Gb, eMMC 5.1;
nanoSIM: 2 ta sim-karta;
Akkumulyator: Li-Ion 3120 mA soat, Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash (18W);
Old kamera: 20 Mp, f/2.0;
Bosh kamera: 12 Mp (1,4 mkm, f/1.9) + 5 Mp (f/2.0, 1,12 mkm), qo‘sh tusli svetodiodli fotochaqnoq, Dual-focus;
Simsiz interfeyslar: Wi-Fi 802.11 (a/b/g/n/ac), 2x2 MU-MIMO, Bluetooth 5.0, USB Type-C;
Navigatsiya: GPS, GLONASS;
Aloqa imkoniyatlari: GSM B2, CDMA 1X/EVDO 3/5/8 BCO, WCDMA 1/2/5/8, TD-SCDMA 34/39, LTE-TDD 34/38/39/40/41, LTE-FDD 1/3/5/7/8;
Qo‘shimcha: orqa panelda barmoq izi skaneri;
O‘lchamlari: 147,28x73,09x7,5 mm;
Vazni: 164 gramm;
Korpus ranglari: qora, ko‘k, qizil hamda tilla rang.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!