Xiaomi yana 16 xil smartfonida Android 11 proshivkasini sinab ko‘rmoqda

  •   DiMaX
  •  1270
  •  09.11.2020 10:36

Xiaomi yana 16 xil smartfonida Android 11 proshivkasini sinab ko‘rmoqda

«Xitoycha Apple» yettita rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga Android 11 operatsion tizimi bazasidagi proshivka tarqatayotgani va yana bir nechtasi uchun apdeyt tayyorlayotgani haqida yozgandik. Kompaniya endi ushbu proshivkalar taqdim etilishining yangilangan ro‘yxatini chiqardi.

O‘QING: Samsung o‘z smartfonlari egalarini Android 11 asosidagi One UI 3.0 proshivkasining ochiq sinoviga chaqiryapti!

Yangi ro‘yxatda endi «tasdiqlangan modellar» ustuni yo‘q – undagi barcha smartfonlar «Android 11 ichki tekshiruvi ketayotgan qurilmalar» ustuniga ko‘chirilgan.

Android 11 ichki beta-versiyasi chiqarilgan, ya’ni, beta-sinovchilar ushbu proshivkani sinab ko‘rayotgan smartfonlar ro‘yxatiga esa quyidagi modellar ham qo‘shilgan:

  1. Xiaomi Mi 9
  2. Xiaomi Mi 9 Pro 5G
  3. Xiaomi Mi 9 SE
  4. Xiaomi Mi CC9/Mi 9 Lite
  5. Xiaomi Mi CC9 Meitu Edition
  6. Xiaomi Mi A3
  7. Redmi K20 Pro/Premium/Mi 9T Pro
  8. Xiaomi Black Shark 3
  9. Xiaomi Black Shark 3S
  10. Xiaomi Black Shark 3 Pro
  11. Xiaomi Black Shark 2
  12. Xiaomi Black Shark 2 Pro
  13. POCO M2

Ro‘yxatdagi ayrim smartfonlarning turli brendlar ostidagi variantlarini ham qo‘shib hisoblasak, ularning umumiy soni o‘n oltitaga yetmoqda.

O‘QING: Xiaomi Mi 11 allaqachon Geekbench’da sinab ko‘rildi va u Snapdragon 875 sirlarini ham fosh etdi!

Apdeytlar ro‘yxatida boshqa o‘zgarishlar ham bor: Mi 10 Ultra hamda Redmi K30i 5G modellari o‘rta ustundan birinchisiga o‘tkazilgan. Ya’ni, ular uchun Android 11 proshivkasining ochiq beta-versiyasi bevosita foydalanuvchilar tomonidan sinab ko‘rilmoqda. Mazkur apdeyt Mi Note 10, Redmi K30 hamda POCO X2 smartfonlari egalariga ham tarqatilgan.

Afsuski, ommabop Redmi Note 8, Redmi Note 7 hamda Redmi 8 turkumlaridagi smartfon egalari uchun xushxbar yo‘q – ular Android 11 asosidagi proshivkani qabul qilmaydigan modellar ro‘yxatida turibdi.

Yuqoridagi barcha proshivkalar MIUI 12 grafik qobig‘i ostida taqdim etilmoqda. Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Mi 11 taqdimoti arafasida ikki xil Xiaomi flagmanini ishlab chiqarish to‘xtatildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!