Xiaomi yana 5 xil smartfonini Android 10 bazasidagi MIUI 11’gacha yangilayapti

  •   DiMaX
  •  2754
  •  08.01.2020 10:13

Xiaomi yana 5 xil smartfonini Android 10 bazasidagi MIUI 11’gacha yangilayapti

«Xitoycha Apple» shu paytgacha jami 27 modeldagi smartfonlariga MIUI 11 grafik qobig‘i asosidagi barqaror proshivka tarqatgan. Lekin ushbu apdeytlarning hammasi ham so‘nggi talqindagi – Android 10 opersion tizimiga asoslangan emas.

O‘QING: Xiaomi smartfonlariga MIUI 11 yangi muammo olib kelmoqda

Xiaomi kompaniyasi yaqin orada Android 10 asosidagi MIUI 11 grafik qobig‘igacha yangilashni rejalashtirgan smartfonlar ro‘yxatini yaqinda e’lon qilgandik. So‘nggi xabarlarga qaraganda, beshta rusumdagi mobil telefonlarga shunday so‘nggi proshivka tarqatila boshlabdi. Ular quyidagi modellardir:

  1. Redmi Note 8 Pro
  2. Redmi Note 7
  3. Mi Mix 3
  4. Mi 9 SE
  5. Mi 8 SE

Manbaga ko‘ra, hozircha ushbu smartfonlar uchun eng yangi proshivkalar faqat Xitoydagi foydalanuvchilarga taqdim etilmoqda. Katta ehtimol bilan, yaqin bir-ikki oyda Android 10 bazasidagi MIUI 11’ga asoslangan barqaror global proshivkalar ham chiqib qoladi.

Umuman olganda, 2019 yil mobaynida taqdim etilgan barcha Xiaomi va Redmi smartfonlariga Android 10 asosidagi proshivkalar tarqatilishi kutilayotir. 2018 yilgi aksariyat modellar esa, garchi MIUI 11 bazasidagi proshivkani qabul qilsa-da, apdeytlarning o‘zagi baribir Android 9 Pie talqinidagi operatsion tizim bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarida yana bir foydali funksiya paydo bo‘lyapti

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.