Xiaomi yana bir yangi smartfonni taqdim etdi

Xiaomi yana bir yangi smartfonni taqdim etdi

Xiaomi India bugun Redmi K50i 5G hamda Redmi Buds 3 Lite simsiz quloqchinlarni taqdim etdi. Smartfon MediaTek Dimensity 8100 chipi, 144 gerstli LCD displey hamda 67 vattda quvvat oluvchi 5,080 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 

Qurilmadagi LCD paneli Fringe Field Switching (FFS) displey turiga kiradi. Bu Dolby Vision'ni qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi Redmi smartfondir. Displeyni Gorilla Glass 5 shishasi himoyalab turadi. Uning yuqori qismidan 16MP selfi kamera o‘rin olgan. Qurilma 3.5 mm audio jek va Dolby Atmos funksiyasini qo‘llab-quvvatlovchi stereo dinamiklar o‘rnatilgan. 

Orqa panelda ISOCELL GW 1 sensoriga ega 64MP asosiy, 8MP ultrakeng hamda 2MP makro kameralar joylashgan. Dasturiy ta’minot jihatidan, qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Redmi K50i 5G modeli 5,080 mAs sig‘imli akkumulyator ega bo‘lib, u 67 vattda quvvat oladi. Smartfonning muhim ahamiyatga ega jihatlariga Wi-Fi 6, Bluetooth 5.3 hamda infraqizil portni kirgizish mumkin. 

Qurilma oq, ko‘k va qora ranglarda taqdim etildi. Uning narxi taxminan quyidagicha:

6/128GB - 325 dollar

8/128GB - 362 dollar

Smartfonni birinchi sotib olgan xaridorlarga 60 dollarlik chegirmalar beriladi. Qurilma 23 iyul sanasida sotuvga chiqadi. 

Redmi Buds 3 Lite quloqchini 6 mm dinamik drayverlar va Bluetooth 5.2 bog‘lanishiga ega. Uning quvvati 18 soatga yetishi mumkin. Qurilma IP54 standartiga ega bo‘lib, uning narxi 25 dollarni tashkil qiladi. 

Quloqchin 31 iyul sanasida sotuvga chiqadi. 

O‘QING: 200 vattda quvvat oluvchi smartfon taqdim etildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!