Xiaomi yana bitta bozorda yetakchilikni Samsung’dan tortib olyapti

  •   DiMaX
  •  1483
  •  19.11.2019 16:59

Xiaomi yana bitta bozorda yetakchilikni Samsung’dan tortib olyapti

O‘tgan chorak yakunlariga ko‘ra Hindiston smartfonlar onlayn bozorining 40 foizini Xiaomi egallagan, eng ommabop smartfonlar beshtaligida esa uning to‘rtta modeli bor. Kompaniya bundan faxrlanib, «Samsung’dan biz 44 foizga oldindamiz!» deya maqtangan ham.

O‘QING: Uchinchi chorak yakunlari: Xiaomi top uchtalikda emas

Chindan ham, xususan, Redmi brendi ostidagi smartfonlar dunyo bo‘ylab keng ommalashmoqda va natijalar raqamlarda aks etmoqda. Xiaomi Indonesia xabariga ko‘ra, Indoneziyada atigi bir oy mobaynida Redmi Note 8 turkumidan 125 000 smartfon sotgan! Xiaomi uchun bu mazkur mamlakatda rekord ko‘rsatkich hisoblanadi va u smartfon sotish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Xiaomi tez orada bu mamlakat bozorini ham zabt etadigan ko‘rinadi. Indoneziyada smartfon sotishda hozircha 22 foizlik ulush bilan Samsung yetakchilik qilmoqda. «Xitoycha Apple» esa unga yetay-yetay deb qolgan – 20 foiz! Agarda hozirgi prognozlar o‘zini oqlasa, Redmi Note 8 (sotib olish), Redmi Note 8 Pro (xarid qilish) va boshqa smartfonlari savdosi bilan Xiaomi yaqin orada Samsung’ni quvib o‘tadi.

O‘QING: Galaxy A01 – eng arzon smartfonlarga qarshi Samsung taklifi tayyor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!