Xiaomi yana bitta – Mi 9T flagmanini taqdim etyapti, xususiyatlari bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  1807
  •  22.05.2019 15:49

Xiaomi yana bitta – Mi 9T flagmanini taqdim etyapti, xususiyatlari bilan tanishing!

«Xitoycha Apple» joriy yilning fevralida taqdim etilgan Mi 9 flagmanlar turkumini kengaytirishda davom etmoqda. Mazkur oilaning yangi vakili Xiaomi Mi 9T deb nomlanadi.

O‘QING: Mi 9 arzonlashdi, chunki «to‘rtko‘z» 5G-flagman – Mi 9 Pro chiqyapti!

Yangi smartfon birdaniga Tailand, Tayvan, Singapurdagi bir nechta agentliklarda hamda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasida bir xil – M1903F10G model raqami ostida sertifikatsiyadan o‘tkazilgan.

Mazkur hujjatlarda Xiaomi Mi 9T texnik xususiyatlari ko‘rsatilmagan. Lekin mish-mishlarga qaraganda, bu – Mi 9 Explorer Edition’ning global versiyasi, orqa qopqog‘i shaffof Mi 8 Pro smartfonining davomchisi hisoblanadi.

Agarda shu yuqoridagi taxminlar rost bo‘lib chiqsa, unda Xiaomi Mi 9T diagonaliga 6.39 dyuymlik, Full HD+ formatli AMOLED-ekranga ega bo‘ladi. Unga eng ilg‘or Snapdragon 855 protsessori, uch modulli kamera hamda 3300 mA/soatlik akkumulyator o‘rnatiladi. Mazkur qurilma standart Mi 9 flagmanidan 40 vattlik tezkor quvvatlana olishi, 12 gigabaytlik tezkor xotirasi hamda bosh kameraning 48 megapiksellik asosiy moduli bilan farq qiladi.

O‘QING: Redmi K20 Pro tezkorligi Xiaomi vitse-prezidentini cho‘chitib yubordi: u barcha Mi 9’lardan kuchli!

Xiaomi Mi 9T yaqin orada taqdim etilsa kerak, kompaniyaning ayrim rusumlardagi telefonlarini esa 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin. Shu yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotganingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda ushbu kompaniyaning ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi!

Bu haqdagi batafsil ma’lumotni esa mana bu yerda olishingiz mumkin. Internet-do‘konimizda esa shu kunlarda aksiya doirasida mazkur kompaniyaning ayrim modellariga chegirmalar e’lon qilingan.

O‘QING: «Ayyom» aksiyasi: Terashop.uz’dan Xiaomi smartfonlarini chegirma bilan oling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!