Xiaomi yana bitta o‘yinbop smartfon – sirli Mi Play’ni taqdim etyapti!

  •   DiMaX
  •  1913
  •  12.12.2018 16:08

Xiaomi yana bitta o‘yinbop smartfon – sirli Mi Play’ni taqdim etyapti!

Xitoylik insayderlarning xabar berishlaricha, Xiaomi korporatsiyasi yaqin orada Mi Play nomli yangi smartfonni namoyish etmoqchi. Nomlanishidan ham ko‘rinib turganidek, bu o‘yinlarga moslangan qurilma bo‘ladi.

O‘QING: 10 GB «operativka»li ilk smartfon – Xiaomi Black Shark 2 taqdim etildi!

Yangi geymerofonning taqdimoti 17 va 26 dekabr oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan, uni katoliklarning Rojdestvo bayrami arafasida – 24 dekabrda namoyish etishadi.

Afsuski, Mi Play haqida birorta ham ma’lumot yo‘q, faqat farazlar bor, xolos. Ulardan biriga ko‘ra, bu – jahon bozoriga mo‘ljallab chiqarilgan Pocophone F1 arzon flagmanining Xitoy uchun tayyorlangan modifikatsiyasi bo‘ladi.

Ikkinchi taxminga ko‘ra, bu – xitoylik texnogigantning Honor Play smartfonlariga javob tariqasida – o‘sha narx toifasida tayyorlangan yangi modeldir. Xiaomi’ning haqiqiy o‘yinbop smartfonlari – Black Shark va Black Shark Helo esa ilg‘or xususiyatlarga va shunga yarasha narxga ega.

Nima bo‘lganda ham, yangi geymerofonning xususiyatlari haqida yaqin kunlar ichida ma’lumotlar chiqsa kerak – ularni biz bilan birga kuzating. Ungacha esa «xitoycha Apple»ning bir qator smartfonlarini 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Mi 8 Pro ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Xiaomi smartfonlari arzonlashdi (2018 yil 12 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.