Xiaomi yana ikkita modeliga MIUI 10 tarqatmoqda, ammo oltita smartfonini endi yangilamasligini aytdi

  •   DiMaX
  •  2143
  •  21.11.2018 15:55

Xiaomi yana ikkita modeliga MIUI 10 tarqatmoqda, ammo oltita smartfonini endi yangilamasligini aytdi

Xitoylik korporatsiya o‘zining ikkita rusumdagi smartfoni uchun barqaror MIUI 10 grafik talqiniga asoslangan proshivkani chiqardi. Bular – Xiaomi Redmi 5 hamda Redmi 6 Pro modellaridir.

O‘QING: Xiaomi yana bitta yangi brend ostida selfi-smartfonlar chiqaradi

Har ikkala modelda ham gap MIUI 10 bazasidagi xitoycha proshivka haqida ketmoqda. Xiaomi Redmi 6 Pro uchun taqdim etilayotgan grafik qobiq Android 8.1 Oreo talqiniga asoslangan. Ushbu smartfonning aynan xitoycha proshivkali, turlicha hajmdagi tezkor va doimiy xotiraga ega modifikatsiyalari Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

Xiaomi Redmi 5 modeliga tarqatilayotgan proshivka esa Android 7.1 Nougat talqini bazasida ishlab chiqilgan. Bu qurilmaning ham har xil rangli va xotirali variantlarini Terashop.uz’dan sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Xiaomi smartfoningiz bormi? Unda tanlovda qatnashib, 10 000 dollar yutib oling!

Shu bilan birga, Xiaomi kompaniyasi bir qator eski modellardagi smartfonlari uchun endi yangi proshivkalar taqdim etmasligini ham aytgan. «Xitoycha Apple» bu xususda MIUI rasmiy forumida xabar bergan.

Unga ko‘ra, quyidagi rusumlarga mansub smartfonlar uchun boshqa yangi proshivka chiqarilmaydi:

  • Xiaomi Mi 5
  • Xiaomi Mi 4
  • Xiaomi Mi 4C
  • Xiaomi Mi 4S
  • Xiaomi Redmi Note 3
  • Xiaomi Redmi Note 3 Pro

Lekin shunisi ham borki, Xiaomi o‘z bayonotida bu telefonlar uchun MIUI China ROM apdeytlari tarqatilmasligini aytgan. Ehtimol, ularning global versiyadagi proshivkalari yangilanishda davom etishi ham mumkin – buni birga kuzatib boramiz.

Aytish kerakki, proshivkasi boshqa yangilanmaydigan modellarning aksariyati chiqarilganiga allaqachon uch yildan ham oshiq vaqt o‘tgan. Yangi rusumlardagi Xiaomi smartfonlarining aksariyatini (naq 48 nomda!) esa saytimizning internet-do‘konidan sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini Terashop.uz’dan oling (2018 yil 20 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!