Xiaomi yana ikkita smartfon ustida ishlayapti

Xiaomi yana ikkita smartfon ustida ishlayapti

Yangi xabarga ko‘ra, Xiaomi 108 megapiksellik asosiy kameraga ega va «Gauguin Pro» kod nomiga ega smartfon ustida ishlamoqda. Qo‘shimchasiga, Pro versiya bo‘lmagan Gauguin ham tayyorlanayotgan bo‘lib, unga 64 MP linza o‘rnatiladi.

Sizdirilgan ushbu ma’lumot MIUI 12 qobig‘ining ichidan aniqlangan. Yana ma’lum bo‘lishicha, har ikki qurilmada to‘rttadan kamera bo‘ladi. Smartfonlar global bozorga chiqarilishi va Qualcomm chipida ishlashi kutilmoqda.

Xitoylik insayder Digital Chat Station yuqoridagi xabarlarni tasdiqlab, hududga qarab devayslarning texnik jihatlari bir-biridan farqlanishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Ushbu ikki smartfon haqida ma’lumot hozirda juda kam. Yangi ma’lumot berilishi bilan sizni xabardor qilib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Xiaomi Mi Band 4C taqdim etildi: siz uni «taniysiz»!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!