Xiaomi yana ikkita smartfoniga global MIUI 12 asosli barqaror proshivka tarqata boshladi

  •   DiMaX
  •  3838
  •  14.07.2020 12:57

Xiaomi yana ikkita smartfoniga global MIUI 12 asosli barqaror proshivka tarqata boshladi

O‘tgan oyning oxirida barqaror MIUI 12 proshivkasi 13 ta rusumdagi Xiaomi va Redmi smartfonlariga kela boshlagan edi. Endi esa global bozorga taqdim etilgan yana ikkita qurilma egalari ushbu apdeytni o‘rnatib olishlari mumkin.

O‘QING: 4 iyulgacha barqaror MIUI 12’ga yangilangan va tez orada yangilanadigan barcha Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati

Mi Community hamjamiyatida e’lon qilinishicha, 12.0.1.0.QFKEUXM raqamli MIUI 12 Global Stable ROM proshivkasi Yevropa bozori uchun chiqarilgan ikkita smartfonga tarqatilmoqda. Bulardan biri yaqinda arzonlashtirilgan bulturgi flagman – Redmi K20 Pro bo‘lsa, ikkinchisi Xiaomi Mi 9T Pro modelidir.

Ushbu ikki rusumdagi smartfonlar egalari tizim yangilanishlarini tekshirib turishlari kerak – yangi proshivka «havo orqali» turli hududlarda bosqichma-bosqich tarqatilmoqda.

Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Faqat mana shu smartfonlargina MIUI 12’ning turli yangi imkoniyatlariga ega bo‘lar ekan!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.