Xiaomi yana ikkita yangi flagman smartfonni taqdim etmoqchi

Xiaomi yana ikkita yangi flagman smartfonni taqdim etmoqchi

Shu yilning sentyabr oyida Xiaomi kompaniyasi Mi 11T seriyasining namoyishini o‘tkazmoqchi. Internetdagi manbalarga ko‘ra, Xiaomi Mi 11T Pro Snapdragon 888 chipi, 120Hz OLED displeyi hamda 120W quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi yangilangan Mi 11 Lite'larni tayyorlamoqda, ulardan biri ekranosti kamerasiga ega

Mi 10 Ultra kabi ushbu smartfonda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bo‘ladi. Ushbu akkumulyatorni esa 120 vattda quvvatlash mumkin. Kameraning texnik ko‘rsatkichlari o‘zgarmagan. Mi 11T Pro smartfonining narxi taxminan 600 dollar atrofida bo‘ladi.

Mi 11T smartfoni esa Dimensity chipi bilan jihozlanadi. Shuningdek, qurilmada 64MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera hamda 3x telemakro kamera bo‘ladi. Ushbu smartfonning displeyi ham 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Mi 11T seriyasi 23 sentyabrda taqdim etilishi kutilyapti.

O‘QING: 135 dollarlik Redmi 10 rasmiy suratlarda: 5000 mAs, 90 Gs va 50 MP!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!