Xiaomi yangi 5G-flagmanlari namoyishiga taklif etyapti: unda yana nimalarni ko‘ramiz?

  •   DiMaX
  •  929
  •  16.09.2019 16:54

Xiaomi yangi 5G-flagmanlari namoyishiga taklif etyapti: unda yana nimalarni ko‘ramiz?

«Xitoycha Apple» beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi biryo‘la ikkita flagman tayyorlayotgani, ulardan biri eng arzon 5G-smartfon bo‘lishi haqida yozganmiz. Nihoyat, kompaniyaning o‘zi ularning taqdimot kunini rasman e’lon qildi.

O‘QING: Xiaomi rasman Mi 9 Lite taqdimotiga taklif etyapti, lekin u kutilganidan ancha qimmat!

Twitter tarmog‘ida Xiaomi ma’lum qilishicha, ushbu taqdimot 24 sentyabr kuni Pekin shahrida, mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.

Taklifnomda Mi 9 Pro hamda Mi Mix 5G nomlari ko‘rsatilgan. Bulardan birinchisi – so‘nggi kunlarda tarqalayotgan xabarlarda Xiaomi Mi 9S Pro 5G, Xiaomi Mi 9S, Xiaomi Mi 9 5G hamda Xiaomi Mi 9 Pro 5G kabi nomlar bilan aytilayotgan smartfondir. Ikkinchisi esa Xiaomi Mi Mix 4 yoki Xiaomi Mi Mix Alpha deb nomlanishi kutilayotgan flagman bo‘ladi.

O‘QING: «Jonli» video: Xiaomi sir tutayotgan Mi Mix 4 (Mi Mix Alpha) flagmanini ishlatib ko‘rsatishdi!

Ushbu smartfonlarning ikkalasi ham eng yangi – Android 10 operatsion tizimi bilan taqdim etiladi. Mazkur tizim talqini bazasidagi MIUI 11 grafik qobig‘i ham ilk bor shu tadbirda namoyish etiladi.

Taklifnomada ishora qilinishicha, mazkur flagmanlarda Artx texnologiyasi ham qo‘llangan; tag‘in ular mobil o‘yinlarga moslashtirilgan.

Bu smartfonlardan tashqari, ayni shu tadbirning o‘zida Mi TV Pro turkumidagi 8K-televizor ham taqdim etilishi mumkin. Hozircha esa turli rusumlardagi Xiaomi telefonlarini atigi 670 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Shoshilganlar uchun: Sakkizta modeldagi Xiaomi smartfonlariga allaqachon Android 10 o‘rnatsa bo‘ladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.