Xiaomi yangi aqlli soatlarini qachon taqdim qilishini aytdi

Xiaomi yangi aqlli soatlarini qachon taqdim qilishini aytdi

Xiaomi o'tgan yil oxirida o'zining Xiaomi Watch S1 smartsoatlarini taqdim qilgan edi. Endilikda kompaniya aqlli soatning "Active" sport versiyasini 15-mart kuni taqdim qilishi ma'lum bo'ldi.

"Xiaomi Watch S1 Active kelmoqda" deya yozilgan rasmiy tizer surat kompaniyaning rasmiy Twitter sahifasida ulashilgan. Posterdan smartsoat kamarlari olti xil rangda: ko'k, oq, qora, qizil, sariq va yashil ranglarda bo'lishini va bu avval tarqalib ketgan Watch S1 Active renderlarini tasdiqlashini bilish mumkin.

O'tgan haftada hali taqdim qilinmagan smartsoatning 91mobiles tomonidan renderlari tarqatib yuborilgan edi.

Suratdan ko'rish mumkinki, Watch S1 Active olti burchakli ramka va yon tomonida ikki tugma bilan ta'minlanadi.

Xiaomi Watch S1 o'tgan yili Xitoyning o'zida taqdim qilingan edi, shunday ekan Watch S1 Active global bozorga chiqishi hozircha noma'lum. Lekin, aqlli sport soati bilan birga taqdim qilinadigan Xiaomi 12 seriyasi albatta global bozor uchun taqdim qilinishi kutilmoqda. Kompaniya o'z rasmiy sahifalari smartfon tizer suratlarini ulashib kelmoqda.

Mish-mishlarga ko'ra Yevropa mamlakatlari uchun Xiaomi 12 Vanilla modeli 900 yevro, 12 Pro narxi 1,100 yevro va 12X esa arzonroq 600-700 yevro narxda bo'lishi mumkin.

Ikkala qurilmalar ham aytilganidek, 15-mart kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da taqdim onlayn taqdim qilinadi. Taqdimotni Xiaomi rasmiy sahifalarida, xususan, YouTube kanalida jonli tomosha qilish mumkin bo'ladi.

O'qing: Redmi K50 Pro va K50 Pro+ smartfonlariga oid asosiy ma’lumotlar sizdirildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!