Xiaomi yangi flagmanida «yashirin kamera» qanday ishlashini ko‘rsatib berdi («jonli» surat)

  •   DiMaX
  •  2111
  •  10.12.2019 09:47

Xiaomi yangi flagmanida «yashirin kamera» qanday ishlashini ko‘rsatib berdi («jonli» surat)

Xitoylik kompaniya o‘zining alohida turkumidagi Xiaomi Mi Mix Alpha konseptual 5G-smartfonini namoyish etgan. Garchi rasman savdosi boshlanmagan bo‘lsa-da, korpusi salkam butunlay ekrandan iborat bo‘lgan ushbu devaysni allaqachon naq 140 ming dollardan taklif qilishyapti ham.

O‘QING: RASMIY VIDEO: Xiaomi Mi Mix Alpha’ni ilk bor qadog‘idan olib ishlatib ko‘ramiz!

 «Xitoycha Apple» endi ushbu turkumning navbatdagi vakili – Mi Mix 4 smartfonini tayyorlamoqda. Biz allaqachon uning ekrani yoqiq holda ishlatib ko‘rsatilgan «jonli» videosini hamda suratini e’lon qilganmiz. Xiaomi ushbu qurilmasida o‘zining yangi – «yashirin kamera» texnologiyasini qo‘llashi aytilgan, bu – ekranosti selfi-kameradir.

Kompaniyaning yaqinda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, «Displeyning va elektron qurilmaning tuzilishi» deb nomlangan patentida ekranosti selfi-kamera tavsiflangan:

Kutilganidek, old kamera faollashganida uning yuzasidagi ekran qismi shaffoflashadi. Selfi-kamera ishlamayotganida esa displeyning bu hududi ham tasvirni aks ettirib, kamera datchigini yashirib turadi. Bunga esa mustaqil boshqariluvchi piksellar yordamida erishilgan.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 4 metroda «qo‘lga tushdi», uning namoyish kunigacha aniq bo‘ldi!

Taxminlarga ko‘ra, ekranosti «yashirin kamera»li Xiaomi Mi Mix 4 flagmani kelasi yilning yanvaridagi Consumer Electronics Show 2020 ko‘rgazmasida ko‘rsatishadi. Agar unda bo‘lmasa, bu innovatsion smartfonning namoyishi fevralning oxiridagi Mobile World Congress 2020 tadbirida amalga oshirilishi mumkin.

Aytish kerakki, kompaniya shu yil iyunning boshidayoq Mi 9 smartfonining displeyi ostiga yashirilgan old kamerani «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatgandi. Yana bir smartfonsoz – Oppo ham shu kuniyoq aynan shunday texnologiyaga ega smartfon prototipining «jonli» videosini tarqatgan. Shuningdek, Samsung ham yangi modellariga bu texnologiyani joriy etmoqchi va uni Samsung UDC (under-display camera – ekranosti kamera) deya nomlamoqda.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi Mix 4 allaqachon sotuvga chiqdi – narxlari insof doirasida!

Internetda shu kunlarda tarqalayotgan «jonli» suratda ham ayni shu Mi Mix 4 flagmani aks etgani da’vo qilinadi:

Bugun – 10 dekabrda esa Redmi K30 flagmani taqdim etiladi va Xiaomi shu munosabat bilan naq beshta devaysini rasman arzonlashtirgan. Bu marosimda yana Redmi brendining yangi noutbuki, ilk smart-kolonkasi hamda routeri ko‘rsatilishi, shuningdek, Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarining ham anonsi berilishi kutilmoqda. Xiaomi’ning xavfli radiatsiya nurlarini tarqatmaydigan ayrim telefonlarini esa 810 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan sotib olish mumkin.

O‘QING: Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!