Xiaomi yangi flagmanlarining taqdimot kunini rasman aytdi

  •   DiMaX
  •  837
  •  23.09.2020 10:59

Xiaomi yangi flagmanlarining taqdimot kunini rasman aytdi

«Xitoycha Apple» allaqachon Xiaomi Mi 10T, Mi 10T Lite hamda Mi 10T Pro smartfonlarini tayyorlagan va biz bulardan eng zo‘rining «jonli» suratlarini e’lon qilganmiz. Mazkur uchlikning ikkitasi avvalroq narx va xususiyatlari bilan onlayn do‘konga chiqqan bo‘lsa, «kenja»si kuni kecha AQShning nufuzli FCC tashkilotida sertifikatsiyadan o‘tgan. Bulardan tashqari...

O‘QING: Xiaomi hali taqdim etilmagan Mi 10T’larni allaqachon o‘z do‘koniga ham chiqardi!

Shuncha mish-mishlar, insayderlik xabarlari va suratlari tarqalganidan so‘ng, nihoyat, bu smartfonlarning namoyish sanasini Xiaomi’ning o‘zi rasman e’lon qildi. Kompaniyaning Twitter orqali aytishicha, Xiaomi Mi 10T turkumining namoyishi 30 sentyabrga belgilangan.

Xiaomi bunda biryo‘la uchta – bazaviy Mi 10T, ilg‘or Mi 10T Pro hamda nisbatan hamyonbop Mi 10T Lite modellarini keng ommaga ko‘rsatadi. Afsuski, ishlab chiqaruvchi ularning xususiyatlarini aytmayapti, lekin biz allaqachon uchalasining ham asosiy jihatlari, narxlari va hatto «jonli» rasmlarini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari hali MIUI 12’ga yangilanib ulgurmasidan, MIUI 13 skrinshotlari tarqaldi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!