Xiaomi yangi geymerofonining taqdimot kunini aytdi, lekin u allaqachon AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  1134
  •  09.03.2019 09:46

Xiaomi yangi geymerofonining taqdimot kunini aytdi, lekin u allaqachon AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi!

Yaqindagina Vivo kompaniyasining iQOO Monster rusumli geymerofoni AnTuTu benchmarkida Xiaomi Mi 9 flagmanidan ham oshib, salkam 407 000 ballik natija ko‘rsatgan edi. Ammo «xitoycha Apple» boshqa modeli bilan yana birinchilikni qaytarib oladigan bo‘ldi.

O‘QING: Eng zo‘r smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2019 yil mart): yangi qirolni qarshi oling!

Xiaomi’ning taqdimotga tayyorlayotgan yangi o‘yinbop smartfoni – Black Shark 3 eng ilg‘or Qualcomm Snapdragon 855 protsessoriga tayanadi. Lekin AnTuTu benchmarkida u ayni shu chipli boshqa barcha flagmanlardan ham yuqori natija ko‘rsatdi!

Kecha – 8 mart kuni, kodli nomi Skywalker bo‘lgan Black Shark 3 geymerofonining AnTuTu benchmarkidagi natijasi aks etgan skrinshot internetga chiqdi:

430 000 ball bu – Android-smartfonlar orasida mutlaq rekord, degani! Aftidan, «xitoycha Apple» Snapdragon 855 protsessorining barcha imkoniyatlaridan to‘laligicha foydalanishning o‘ziga xos yo‘lini topgan-ov...

O‘QING: Xiaomi Black Shark 3 o‘yinbop smartfonini ilk «jonli» suratda ko‘ramiz!

Aytish kerakki, Xiaomi ilk o‘yinbop smartfoni – Black Shark o‘tgan yilning aprelida namoyish etilgan. Kompaniya uning ikkinchi avlodini – Black Shark Helo modelini oktyabrda taqdim etgan bo‘lib, Xitoydan tashqarida u Black Shark 2 nomi bilan bozorga chiqarilishi belgilangan. Lekin negadir u o‘zining uchinchi geymerofonini ham Black Shark 2 deb atamoqda.

Mana, kecha internetga uning namoyish sanasi aks ettirilgan poster ham chiqqan va unda mazkur smartfon Black Shark 2 deb nomlangan:

Xullasi kalom, samaradorlik borasida barcha Android-smartfonlarni «yer tishlatuvchi» mutlaq rekordchining taqdimotiga o‘n kunga yaqin vaqt qoldi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari endi qimmatlaydi – buni shaxsan kompaniya bosh direktori aytdi!

Shuningdek, uning tashqi qiyofasini ham mana bu «jonli» suratda ko‘rishimiz mumkin:

Hozircha esa Xiaomi’ning ilk geymerofoni – 6/64 gigabaytlik xotiraga ega, qora korpusli Black Shark smartfonini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 3 849 000 so‘m evaziga sotib olish mumkin. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya davrida bu xarid siz uchun manfaatli va qiziqarli bo‘ladi.

O‘QING: Mi Mix 3 va boshqa Xiaomi smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2019 yil 25 fevral) – aksiyasi ham bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!