Xiaomi yangi Lanmi brendi ostidagi X1 smartfonini tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  1336
  •  12.07.2017 10:33

Xiaomi yangi Lanmi brendi ostidagi X1 smartfonini tayyorlamoqda

«Xitoycha Twitter» sanalmish Weibo ijtimoiy termog‘ida Xiaomi kompaniyasi taqdimotga tayyorlayotgan yangi smartfonning xususiyatlari haqida ma’lumot tarqaldi.

Unga ko‘ra, kompaniya yangi turkumdagi smartfonlari uchun Lanmi subbrendini joriy etadi. Bu xitoychada 蓝米 iyeroglifi tarzida yoziladigan, «Moviy guruch» («Blue rice») ma’nosidagi so‘zdir. Ushbu turkumdagi ilk smartfon Lanmi X1 nomini olishi xabar qilinmoqda.

Avval ham xabar qilganimizdek, X1 ikkita asosiy modelda taqdim etiladi. Ulardan birinchisi 2160x1080 pikselli sig‘imga ega 5,5 dyuymlik displeyga ega bo‘ladi. Unga Qualcomm Snapdragon 660 protsessori, shuningdek, Sony IMX362 yoki IMX368 sensorlariga ega qo‘shaloq kamera o‘rnatiladi. Orqa panelida barmoq izi skaneri joylashtiriladi.

 Ikkinchi modelga kelsak, uning 5,5 dyuymlik displeyi Full HD sig‘imli (1920x1080 pikselli) bo‘ladi. Uning barmoq izi skaneri old panelda joylashadi. Xiaomi har ikkala modelni tezkor va ichki xotirasiga ko‘ra quyidagi talqinlarda taqdim etadi: 4/64 GB, 6/64 GB va 6/128 GB.