Xiaomi yangi rekordi bilan Realme’ni «joyiga o‘tirg‘izib» qo‘ydi!

  •   DiMaX
  •  1814
  •  21.11.2020 09:33

Xiaomi yangi rekordi bilan Realme’ni «joyiga o‘tirg‘izib» qo‘ydi!

Xiaomi yangi rekordi bilan Realme’ni «joyiga o‘tirg‘izib» qo‘ydi!

Hozirda dunyo bo‘yicha eng tez o‘sib kelayotgan smartfon brendi sifatida Realme brendi tan olingan. Yaqindagina u Samsung, Xiaomi, Vivo, Apple hamda Huawei kompaniyalaridan ham o‘zib, mutlaq rekord o‘rnatgan edi.

O‘QING: Realme 7 5G chiqdi – Yevropadagi eng arzon 5G-smartfon!

Bundan tashqari, Realme kuni kecha Hindistondagi an’anaviy arzonlatib sotish kunlari – Festive Days mobaynida naq 8,3 millionta mahsulot sotganini aytib maqtangan. Bularning asosiy qismi – 6,3 milliontasi smartfonlar bo‘lib, kompaniya bu bilan o‘zining o‘tgan yilgi rekordidan ham 20 foizga o‘zib ketgan.

Ta’kidlash kerakki, Realme kompaniyasini Oppo korporatsiyasi aynan Xiaomi kompaniyasining arzonchi Redmi brendi bilan raqobatlashish uchun tashkil etgan edi. Uning shashti baland va «Xitoycha Apple»ga munosib raqib ham Samsung yoki Vivo emas, balki aynan Realme bo‘layotir.

O‘QING: Realme’ning hamyonbop smartfoni AnTuTu’da hatto Galaxy S20 Ultra va Galaxy S20+ flagmanlarini «yer tishlatdi»!

Shu bilan birga, Xiaomi ham bo‘sh kelgani yo‘q: darrov «Fillar o‘lkasi»da kechgan Festive Days davomidagi o‘z sotuvlari natijalarini e’lon qildi. Buni qarangki, uning rekordi Realme’ga «o‘rnini ko‘rsatib» qo‘ydi: 13 milliondan ortiq gadjet, shundan 9 milliontasi smartfonlar!

Ya’ni, chegirmalar kunlari Xiaomi sotgan smartfonlarning o‘ziyoq Realme sotgan barcha devayslarning umumiy sonidan oshiq, qolganini gapirmasa ham bo‘ladi!

Xabarga ko‘ra, Festive Days mobaynida kompaniyaning eng ommabop smartfonlari Xiaomi Mi 10T Pro, Redmi Note 9 Pro Max, Redmi Note 9 Pro, Redmi 9 Prime, Redmi 9 hamda Redmi 9A bo‘lgan.

Telefonlardan tashqari, chegirmalar pallasida ko‘p sotilgan to‘rt millionta qurilma safiga asosan kompaniyaning aqlli televizorlari, aqlli uy jihozlari va aksessuarlari kiradi.

O‘QING: Xiaomi Mi 11 Pro haqida navbatdagi ma’lumot oshkor bo‘ldi