Xiaomi yangi seriyadagi smartfonlarni ishlab chiqarishni boshlaydi. U qanday nomlanadi?

Xiaomi yangi seriyadagi smartfonlarni ishlab chiqarishni boshlaydi. U qanday nomlanadi?

Xiaomi kelgusi haftada Civi nomli yangi smartfonlar seriyasini namoyish qilmoqchi. Weibo'da chop etilgan tizerga ko‘ra, ushbu seriyadagi smartfonlar zamonaviy va xilma-xil dizayn hamda innovatsion texnologiyalarga ega bo‘ladi. Kompaniya ushbu seriya haqida boshqa hech qanday tafsilot bermadi.

Mish-mishlar ko‘ra, Civi seriyasi kameralarga asoslangan Mi CC liniyasining vorisi bo‘ladi. Ushbu seriyadagi qurilmalar o‘rta darajadagi texnik jihatlar bilan flagman darajasidagi kameralarni o‘zida birlashtiradi.

Shuni ta’kidlash kerakki, ikki yil avval taqdim etilgan Xiaomi Mi CC9 Pro smartfoni 5 ta kamerga ega bo‘lib, ular 108MP asosiy kamera, 12MP telefoto kamera, 20MP ultrakeng kamera, 5MP zum kamera hamda 2MP makro kameradan iborat bo‘lgan. Smartfonga, shuningdek, 32MP selfi kamera o‘rnatilgan. MI CC9 Pro Xitoyda 500 dollar narxda sotuvga chiqqan edi.

Bunday kamera va narx formulasini kompaniya endi Civi seriyada davom ettiradi.

Yangi seriyaning taqdimoti 27 sentyabr Xitoy vaqti bilan 14:00 da boshlanadi.

O‘QING: TeraTavsif: Redmi 10 – Xiaomi, toming ketdimi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!