Xiaomi yangilangan Mi 11 Lite'larni tayyorlamoqda, ulardan biri ekranosti kamerasiga ega

Xiaomi yangilangan Mi 11 Lite'larni tayyorlamoqda, ulardan biri ekranosti kamerasiga ega

Xiaomi bundan bir necha oy oldin Mi 11 Lite 4G va Mi 11 Lite 5G smartfonlarini taqdim qilgan edi. Endi esa kompaniya mazkur smartfonlarning navbatdagi talqinlarini tayyorlamoqda. Qurilmalar Mona va Lisa kodli nomga ega, ikkinchisi Mi 11 Lite New Edition deb ham ataladi.

O‘QING: Sentyabrda chiqayotgan Xiaomi Mi 11T hamda Redmi K40 Ultra xususiyatlari

Ikkala model ham Qualcomm Snapdragon 778G SoC'ga ega va Full HD+ ekran bilan jihozlangan. Mona 120Hz displey va ekranosti old kameraga ega bo‘ladi, Lizada esa 90Hz ekran bo‘ladi. Boshqa texnik tafsilotlar yo‘q, lekin taxmin qilish mumkinki, modellardan biri Xitoyga, ikkinchisi jahon bozoriga chiqadi. Yangi mahsulotlarning taqdimoti qachon bo‘lib o‘tishi hozircha aniq emas.

O‘QING: 135 dollarlik Redmi 10 rasmiy suratlarda: 5000 mAs, 90 Gs va 50 MP!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!