Xiaomi yap-yangi Redmi Pad planshetini taqdim qildi

Xiaomi yap-yangi Redmi Pad planshetini taqdim qildi

Kecha bo‘lib o‘tgan taqdimotda, Xiaomi nafaqat 12T seriyasidagi smartfonlarni balki, Redmi brendining ilk plansheti - Redmi Pad'ni ham global bozor uchun namoyish qildi. To‘q va och kulrang, shu bilan birga, och yashil ranglarda taqdim qilinayotgan planshet metal tanaga ega.

Redmi Pad plansheti 10.61 dyuymli, 90 gers yangilanish tezligiga ega IPS LCD ekran bilan jihozlangan. 2000x1200 (2K) piksel rezolyutsiyasi va 400 nits gacha yorqinlik taklif qila oladigan displey WideVine L1 sertifikatiga ega. Bu esa foydalanuvchilarga Netflix, Prime Video va Disney+ kabi platformalardagi kontentlarni HD'da strim qilish imkonini beradi.

Planshetning orqa tomonidagi asosiy kamerasi ham, old tomonidagi selfi kamerasi ham 8MP bo‘lib, old kamera obektlarni avtomatik ravishda kuzatish va ularni kadrning markazida ushlab turish imkonini beradigan FocusFrame xususiyatiga ega.

Redmi Pad kapoti ostida 6 nanometrli protsessorga asoslangan MediaTek'ning Helio G99 chipseti mavjud bo‘lib, u 3/4/6GB RAM va 64/128GB xotira bilan MIUI 13'da ishlaydi. Ta’kidlash joizki, xotirani 1TB gacha bo‘lgan microSD karta bilan ko‘paytirish mumkin. Qurilmaning 8000 mA/s sig‘imli batareyasi 18 Vt tezlikda qutida birga keladigan 22.5 vattli quvvatlovchi bilan USB-C porti orqali zaryadlanadi. Ulanish bo‘yicha, planshet ikki tarmoqli Wi-Fi 5 va BlueTooth 5.3 xususiyatlariga ega. Qo‘shimchasiga, Redmi Pad plansheti Dolby Atmo bilan sertfikatlangan to‘rttalik dinamiklarga va shovqinni kamaytirish uchun ikkilik mikronfonlarga ham ega.

Qizig‘i shundaki, Redmi Pad narxlari mamlakatlarga qarab sezilarli darajada farq qiladi: Hindiston uchun 3/64GB xotira konfiguratsiyali Redmi Pad ₹11,700 ($144) bo‘lsa, xuddi shunday variantdagi Redmi Pad narxi Yevropa bozori uchun €279 ($278) qilib belgilangan. 

O‘QING: Xiaomi Smart Band 7 Pro soati taqdim etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!