Xiaomi yettita rusumdagi Redmi smartfonlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi

  •   DiMaX
  •  2573
  •  13.04.2019 12:40

Xiaomi yettita rusumdagi Redmi smartfonlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi

Keyingi oylarda turli modellarda yangi smartfonlar taqdim etib kelayotgan Xiaomi kompaniyasi ayrim eski modellarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmoqda. Xususan, korporatsiya Redmi brendi ostidagi ba’zi modellarga vaqt va mablag‘ sarflashda biror naf ko‘rmayapti.

O‘QING: Diqqat: barcha Xiaomi smartfonlarida jiddiy xavf borligi aniqlandi!

Joriy oyda, jumladan, quyidagi rusumlarga mansub qurilmalarga yangi proshivkalar yuborish to‘xtatilmoqda:

  1. Redmi Note 4
  2. Redmi 3S
  3. Redmi 3X
  4. Redmi 4
  5. Redmi 4A
  6. Redmi Note 3
  7. Redmi Pro

Lekin Xiaomi bulardan keyingi, ayniqsa yangi modellardagi smartfonlarini faol qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Jumladan, Pocophone F1 (sotib olish) arzon flagmani uchun yaqinda MIUI 10.3.4 raqamli barqaror proshivka tarqatila boshlandi. Mi Mix 2S (xarid qilish) hamda Mi Note 3 smartfonlari uchun esa MIUI 10.3.2 versiyasidagi apdeyt yuborilmoqda.

O‘QING: Terashop.uz’ga yoshlarbop Mi Play ham keldi! Xiaomi smartfonlarining arzonlashgan narxlari bilan tanishing! (2019 yil 3 aprel)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!