Xiaomi yoki Redmi smartfoningizga MIUI 12 kelishini hoziroq tekshirishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  4657
  •  20.04.2020 09:22

Xiaomi yoki Redmi smartfoningizga MIUI 12 kelishini hoziroq tekshirishingiz mumkin!

«Xitoycha Apple»ning MIUI 12 grafik qobig‘igacha yangilanuvchi smartfonlarining ikkita ro‘yxatini chiqargan edik. Keyinroq esa mazkur apdeytni birinchilar qatorida qabul qiluvchi smartfonlar ro‘yxati ham ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlari egalarini kompaniya allaqachon MIUI 12 testiga taklif etyapti!

MIUI 12 grafik qobig‘idan olingan ilk skrinshotlarni allaqachon e’lon qilganmiz. Endi esa ushbu apdeyt Xiaomi hamda Redmi smartfoniga tushish yoki tushmasligini tekshirib beruvchi maxsus ilova Google Play katalogida paydo bo‘ldi. MIUI 12 Eligibility Test deb nomlangan bu dasturni mazkur havola orqali o‘rnatib olishingiz mumkin.

MIUI 12 Eligibility Test ilovasini Poco, Redmi yoki Xiaomi smartfoningizga o‘rnatib olgach, «Detect» tugmachasini bosasiz.

Agar devaysingiz modeli «aniqlansa», keyin «Check» tugmachasini bosasiz va uning MIUI 12 bilan mosligi tekshirilib, natijasi chiqariladi.

O‘QING: To‘rtta modeldagi Xiaomi va Redmi smartfonlari egalariga noxush xabar bor

Agarda birinchi bosqichda – «Detect» tugmachasini bosganingizda smartfoningiz modeli «aniqlanmasa», u holda Poco, Redmi va Xiaomi smartfonlari ro‘yxati chiqadi va siz ulardan o‘z gadjetingizni tanlab ko‘rsatasiz.

Ta’kidlash kerakki, bu – Xiaomi rasmiy ilovasi emas, balki uni Alpha Developers Official taqdim etgan. Shu boisdan, unda ko‘rsatilgan natijalar Xiaomi’ning yakuniy qaroriga mos kelmasligi ham mumkin.

MIUI 12 uchun ommaviy beta-test jarayoni sentyabrda boshlanib, barqaror talqini dekabrda taqdim etilishi taxmin qilingan edi. Biroq Xitoydagi manbalarga ko‘ra, may oyining boshidanoq beta-testerlar MIUI 12’ni sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi!

O‘QING: Xiaomi iyulning oxirigacha chiqaradigan 17 ta yangi gadjet bilan tanishing!