Xiaomi zavodida robotlar soniyasiga bittadan smartfon chiqaradi!

  •   DiMaX
  •  1511
  •  15.02.2020 16:18

Xiaomi zavodida robotlar soniyasiga bittadan smartfon chiqaradi!

Kuni kecha o‘tkazgan taqdimotida Xiaomi kompaniyasi Mi 10 hamda Mi 10 Pro flagmanlarini taqdim etgandi. Shuningdek, ushbu onlayn konferensiyada bosh direktor yana kompaniya faoliyati va rejalariga doir ayrim ma’lumotlarni ham aytgan.

O‘QING: Xiaomi Mi 10’ning yangi rekordi: 1 daqiqada 30 million dollar!

Bosh direktor Ley Szyun (Lei Jun) e’lon qilishicha, Xiaomi smartfonlarni teruvchi avtomatlashtirilgan fabrika qurilishining birinchi bosqichi samarali yakunlangan. Mazkur eksperimental korxona Pekin shahridagi Ichjuan sanoat hududida joylashgan va, Xiaomi liderining ta’kidlashicha, uning «avtomatizatsiya darajasi o‘ta yuksak».

Ley Szyun so‘zlariga ko‘ra, Xiaomi o‘z mahsulotlari teriladigan, butunlay avtomatlashtirilgan zavodlarning yangi avlodini tayyorlamoqda. Ularda avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish liniyalari hamda 5G kabi yangi texnologiyalar qo‘llanadi va robotlarning xizmatidan keng foydalaniladi. Shuning evaziga ishlab chiqarish unumdorligi oshadi – robotlar odamlarga nisbatan 60 foizga tezkorlikda, ya’ni daqiqasiga 60 donadan smartfon tera oladi!

Xiaomi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya o‘zining ushbu yo‘nalishda ishlovchi maxsus bo‘linmasini ikki yil avval yaratgan. Yangi avtomatlashtirilgan zavod allaqachon ochilishga ham tayyor, faqat mamlakatdgi koronavirus epidemiyasi tufayli rejalarni o‘zgartirishga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘QING: Xitoyda koronavirus epidemiyasining ilk foydasi namoyon bo‘ldi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!