Xiaomi'dan ertaga yangi smartfonlar kutib ovora bo'lmang!

Xiaomi'dan ertaga yangi smartfonlar kutib ovora bo'lmang!

Bir necha kun avval Xiaomi kompaniyasi o'zining yangi avlod flagman smartfonlari – Xiaomi 13 seriyasini 1-dekabr kuni taqdim qilishini e'lon qilgan edi. Endilikda ma'lum bo'lishicha, taqdimot qoldirilgan.

"Hurmatli foydalanuvchilar va do'stlar. Sizga Xiaomi 13 seriyasi chiqarilishi qoldirilganligini xabar qilishdan afsusdamiz. Biz sizni yangi sana tasdiqlanishi bilanoq xabardor qilamiz. Bizni tushunganingiz va qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat." deydi Xiaomi o'zining rasmiy Weibo sahifasida.

Shuningdek, Xiaomi bilan birgalikda iQOO ham o'zining 2-dekabrga rejalashtirilgan, iQOO 11 seriyasi va iQOO Neo 7 SE smartfonlari taqdimoti qoldirilganligini e'lon qildi. Kompaniyalar nima uchun taqdimot qoldirilganligini aytmagan, katta ehtimol bilan bunga Tszyan Szemin – Xitoyning sobiq rahbarining vafot etganligi (96) sabab bo'lganligi tahmin qilinmoqda.

Yangi taqdimot sanasi hozircha ma'lum qilinmagan, ammo bu ko'p vaqt olmaydi deb umid qilamiz.

O'QING: Bu safar render emas: Xiaomi 13 Pro jonli suratlarda!