Xiaomi'dan keyin Samsung ham Mercedes bilan hamkorlik qilmoqda

Xiaomi'dan keyin Samsung ham Mercedes bilan hamkorlik qilmoqda

Samsung Galaxy S22 smartfonlarining Mercedes va yana bir mashhur brend bilan hamkorlikda cheklangan smartfonlari chiqarilishi haqidagi ma’lumot tarqaldi. 

O‘tgan haftada Samsung o‘zining yangi Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlarini taqdim qildi va oddiy variantdagilaridan tashqari kompaniya Mercedes va Mark & Lona brendlari bilan hamkorlikda maxsus versiyadagi flagmanlarni chiqarishi mumkinligi haqida ma’lumot, ishonchli insayder tomonidan tarqatib yuborildi. 

Mark & Lona brendi golfchilar uchun premium moda va aksessuarlar sotuvchi bo‘lib, u mashhurlar va modellar orasida ancha taniqli. Galaxy S22 Ultra'ning Mark & Lona talqini sharli marker, sumka, brelok, tasma va rangli telefon g‘ilof bilan birga katta, sariq qutiga chiroyli tarzda joylashtirilgan holda keladi. 

Smartfonning Mercedes-EQ versiyasi binafsha rangdagi chamadonga o‘xshash qutida bo‘ladi va uning Mercedes logotipi tushurilgan qo‘shimcha aksessuarlar bo‘ladi. 

Afsuski, bu maxsus flagmanlar qachon va qayerda chiqarilishi hozircha no‘malum. 

O‘QING: Galaxy S22 qanchalik mustahkam?