Xiaomi'dan uchta hamyonbop smartfon

Xiaomi'dan uchta hamyonbop smartfon

Redmi'ning Hindistondagi bo‘limi bugun byudjet sinfidagi Redmi 11 Prime 5G, Redmi 11 Prime va Redmi A1 modellarini taqdim etdi. Barcha qurilmalar MediaTek chipi bilan jihozlangan bo‘lib, ular shu haftada sotuvga chiqariladi. 

Redmi 11 Prime 5G 

Ushbu model triodagi kuchli smartfon. U 4/64GB yoki 6/128GB xotira bilan integrallashgan Dimensity 700 chipi bilan jihozlangan. Kompaniya veb-saytida smartfonning 4/128GB xotiraga ega turi ham bor, ammo u hali beri sotuvga chiqmaydi. 

Smartfon 90 gertsda ishlovchi FullHD+ rezolyutsiyadagi 6.58 dyuymli LCD displeyiga ega. Ekranining yuqori qismidan 5MP selfi kamera o‘rin olgan bo‘lsa, orqa panelda 50MP asosiy hamda 2MP sath kameralar joylashgan. 

Smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlaydi. Undagi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator 18 vattda quvvat oladi. Quti ichida 22.5 vattli quvvlash adapteri bo‘ladi. 

Gadjet yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri, 3.5 mm audio jek bilan jihozlangan. Unga ikkita SIM-karta hamda bitta microSD kartasini qo‘yish mumkin. 

Qurilma Thunder Black, Chrome Silver va Meadow Green ranglarda taqdim etildi. Savdolar 9 sentyabrdan boshlanadi. Smartfon narxi quyidagicha:

4/64GB - 160 dollar

6/128GB - 185 dollar

Redmi 11 Prime 

Ushbu smartfonning barcha texnik ko‘rsatkichlari e’lon qilinmadi. Ammo smartfon 6 nanometrli Helio G99 chipi bilan jihozlanganligi aytilmoqda. 

5G model kabi Redmi 11 Prime ham 90 gertsda ishlovchi FullHD+ rezolyutsiyadagi 6.58 dyuymli LCD displeyi bilan jihozlangan. Displey Gorilla Glass shishasi bilan himoyalangan. 

Orqa paneldan 50MP asosiy, 2MP makro va 2MP sath kameralar o‘rin olgan. Old paneldagi selfi kamera rezolyutsiyasi 8 megapikselni tashkil qiladi. 

Ushbu model ham 18 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. Uning ham qutisida 22.5 vattli quvvlash adapteri bo‘ladi. 

Xiaomi ushbu model tez orada sotuvga chiqishini aytib o‘tdi. Qurilmaning siyohrang, qora va yashil rangli turlari mavjud. Uning narxi quyidagicha:

4/64GB - 160 dollar

6/128GB - 185 dollar

Redmi A1

Ushbu model nom jihatidan Mi A1 smartfoniga o‘xshaydi, ammo bu eng arzon byudjet smartfon hisoblanadi. Qurilma sof Android 12 tizimida ishlaydi, bu yerda hech qanday MIUI grafik qobig‘i yo‘q. 

Smartfonning orqa paneli ko‘rinishidan charmdan qoplanganga o‘xshaydi, ammo u plastik. Gadjet 2/32GB xotira hamda Helio A22 chipiga ega. Xotirani microSD kartasi bilan 512GB gacha kengaytirish mumkin. 

Redmi A1 modeli 720p rezolyutsiyadagi 6.52 dyuymli LCD displeyi bilan jihozlangan. Orqa panelda 8MP asosiy hamda 2MP sath kamera joylashgan. Old tomondan esa 5MP selfi kamera o‘rin olgan. 

Ushbu model ham 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega, uni microUSB porti orqali quvvatlash kerak bo‘ladi. 

Smartfonning qora, ko‘k va yashil rangli turlari mavjud, uning narxi 80 dollarni tashkil qiladi. 

O‘QING: Huawei 230 dollarlik smartfonni sotuvga chiqardi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!