Xiaomi’ga ham koronavirus kasri urdi – Mi 10 taqdimoti bekor qilinyapti!

  •   DiMaX
  •  1746
  •  27.01.2020 09:56

Xiaomi’ga ham koronavirus kasri urdi – Mi 10 taqdimoti bekor qilinyapti!

Hozirda butun dunyo ahlini vahimaga solayotgan koronavirus Xitoy uchun chinakamiga muammoga aylandi. Uning tarqalishiga to‘sqinlik qilish maqsadida shaharlar karantinga olinmoqda, ommaviy tadbirlar bekor qilinmoqda.

O‘QING: Xitoy hukumati musulmon uyg‘urlarning iOS, Android va Windows tizimli gadjetlariga ommaviy hujum uyushtirgan

Nufuzli tarmoq informatori – Xiaomishka’ning yozishicha, «Xitoycha Apple» ham o‘zining navbatdagi flagmanlari – Xiaomi Mi 10 smartfonlarining to‘laqonli taqdimotini bekor qilishi mumkin. Kompaniya 10 fevral kuni Pekin shahrida yirik matbuot anjumani o‘tkazib, unda yangi flagmanlarini namoyish etmoqchi edi. Insayderlarga ko‘ra, Xiaomi ushbu tadbirni o‘tkazmasdan, faqat onlayn formatdagi «jonli» translyasiya uyushtirish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Aytish kerakki, Xiaomi Mi 10 flagmanlar oilasiga standart modeldan tashqari, yanada kuchli Mi 10 Pro hamda eng arzon Mi 10 SE ham kiradi. Snapdragon 865 protsessorli birinchi smartfon Mi 10 bo‘lishi uchun Xiaomi ushbu gadjetlarini Galaxy S20 flagmanlar turkumidan oldin chiqaryapti. Biroq yana bir xitoylik telefon AnTuTu benchmarkida uni «yer tishlatgan» va bulardan oldinroq chiqishi ehtimoli ham yo‘q emas.

O‘QING: Xiaomi G‘arbiy Yevropa bozorini zabt etmoqchi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.