Xiaomi’ga qasdma-qasd: Samsung ham arzon flagmani narxini naq 95 dollarga pasaytirdi!

  •   DiMaX
  •  5183
  •  30.10.2020 12:23

Xiaomi’ga qasdma-qasd: Samsung ham arzon flagmani narxini naq 95 dollarga pasaytirdi!

Bir necha kun avval Xiaomi kompaniyasi Hindiston bozorida Mi 10 flagmanini keskin arzonlashtirgan edi. Mazkur mamlakatda smartfon sotish bo‘yicha uning asosiy raqobatchisi bo‘lgan Samsung ham qarab turgani yo‘q...

O‘QING: Kutilmagan flagman: global bozorga allaqachon Redmi K30S Ultra ham chiqdi!

Xabaringiz borki, janubiy koreyalik texnogigant sentyabrda o‘zining Galaxy S20 FE (ya’niGalaxy S20 Fan Edition) rusumli hamyonbop flagmanini namoyish etgan. Biz esa ungacha mazkur qurilma ishlatib, asosiy funksiyalari namoyish etilgan «jonli» videoni, shuningdek to‘liq texnik jihatlari va qadoq tarkibi ham e’lon qilganmiz. Bulardan tashqari, uning eng g‘alati anboksing videosi ham mavjud – unda Galaxy S20 FE qadog‘ini ochish, o‘zini sinab ko‘rish ishlarining barchasi suv ostida bajarilgan!

Hindiston bozorida Samsung Galaxy S20 FE modeli dastlab 610 AQSh dollaridan boshlanuvchi narxda sotuvga chiqarilgan edi. Endi esa «Fillar o‘lkasi»dagi Amazon onlayn do‘konida uning uchun 555 dollarga teng narx belgilangan. Samsung rasmiy sayti orqali esa Galaxy S20 FE smartfonini yanada arzonga – 515 dollardan olish mumkin!

Mana buni sog‘lom raqobat desa bo‘ladi – raqibiga qasdma-qasd, o‘z mahsulotini salkam 100 dollarga arzonlashtirgan!

O‘QING: Xitoyliklarning o‘zlari eng ko‘p qaysi smartfonlarni olishyapti?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!