Xiaomi’ni endi to‘xtatib bo‘lmaydi: uzoq kutilgan Mi Mix 4 hamda Mi Note 11, yana MIUI 13 ham rasmiy saytda «qo‘lga tushdi»!

  •   DiMaX
  •  4904
  •  11.01.2021 15:32

Xiaomi’ni endi to‘xtatib bo‘lmaydi: uzoq kutilgan Mi Mix 4 hamda Mi Note 11, yana MIUI 13 ham rasmiy saytda «qo‘lga tushdi»!

Yaqindagina biz Xiaomi tayyorlayotgan «yengillashtirilgan» flagman – Mi 11 Lite xususiyatlari va narxi haqida ma’lumot bergan edik. Kompaniyaning o‘yinbop qurilmalar yo‘nalishidagi sho‘’basi esa Black Shark 4 geymerofonini e’lon qildi. Aftidan, «Xitoycha Apple» bular bilan ham to‘xtab qolmoqchi emas...

O‘QING: Redmi Note 9T bilan birga yana bir «avtonomlik monstri» – Redmi 9T ham chiqdi! (+«jonli» video)

Ushbu korporatsiya muxlislari ko‘pdan beri kutayotgan inqilobiy Xiaomi Mi Mix 4 smartfoni ham tez orada dunyo yuzini ko‘radi, shekilli. MIUI grafik qobig‘ining rasmiy xalqaro saytida uning tayyorlanayotganiga ishora qiluvchi ma’lumotlar topildi.

Bunga birinchi bo‘lib e’tibor bergan taniqli tarmoq informatori Mukul Sharma (Mukul Sharma) bu haqda Twitter’da yozgan.

O‘QING: Uzoq kutilgan Xiaomi Mi Mix 4 patent suratida: selfi-kameradan umidni uzavering!

Shuningdek, o‘sha saytning kodlarida yana bir – hozirgacha ma’lum bo‘lmagan Xiaomi Mi Note 11 modeli ham «qo‘lga tushgan»:

Eslasangiz kerak, gadjetlarni ayovsiz qiynab ko‘rsatuvchi videobloger Zak Nelson o‘tgan yili uning «ajdod»i – Mi Note 10 modelini Xiaomi’ning eng mustahkam smartfoni, deya e’tirof etgan edi.

O‘QING: «Qurilmalarni qiynovchi» texnobloger 2020 yilning eng, eng, eng... smartfonlarini e’lon qildi (+video)

Ikkita yangi smartfondan tashqari, sayt kodlarida grafik qobiqning yangi talqini – MIUI 13 haqida ham ilk ma’lumot topilgan:

Biz ushbu apdeyt asosidagi proshivkga birinchi navbatda yangilanuvchi Xiaomi va Redmi smartfonlari ro‘yxatini taqdim etganmiz. Hozircha kompaniya oraliq talqindagi – MIUI 12.5 grafik qobig‘ini taqdim etgan, biz esa beta-test doirasida unga yangilanuvchi birinchi smartfonlar ro‘yxatini chiqarganmiz. Shoshilganlar uchun esa...

O‘QING: Ushbu 22 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasini hoziroq o‘rnatishingiz mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!