Xiaomi'ning 210 vattli smartfoni damini olsin – Oppo

Xiaomi'ning 210 vattli smartfoni damini olsin – Oppo

Joriy yil boshida bo'lib o'tgan MWC 2022 tadbirida Oppo kompaniyasi o'zining smartfonlar uchun 240 Vt SuperVOOC Flash zaryadlanish texnologiyasini namoyish qilgan edi. Taniqli insayder, Digital Chat Station o'zining Weibo ijtimoiy tarmog'ida aytishicha, bunday tezlikda quvvatlanadigan smartfonlar keyingi yilning birinchi choragida chiqariladi.

Ma'lum bo'lishicha, Oppo'ning 240 Vt tezlikdagi zaryadlanish texnologiyasi 4500 mA/s batareyali smartfonni 3.5 daqiqada 50%, 9 daqiqa esa 100% quvvatlaydi. Ta'kidlash joizki, hozirgi smartfonlar bozoridagi rekord Xiaomi yaqinda taqdim qilgan Redmi Note 12 seriyasidagi smartfonga tegishli bo'lib, uning 4300 mA/s batareyasi 210 Vt tezlikda atigi 9-10 daqiqada zaryadlanadi.

O'QING: Samsung'ning yangi reklama videosi yana Apple'ga qaratilgan

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!